SHerzod Qosimov Xitoy Taypeyi – BAA o'yinini boshqaradi
19 okt 2018 10:29
Yangiliklar
SHerzod Qosimov Xitoy Taypeyi – BAA o'yinini boshqaradi
Joriy yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari Indoneziyada 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chemionatida ishlash uchun o'zbekistonlik hakamlar SHerzod Qosimov va Andrey Capenko taklif olganlari haqida xabar berib o'tgan edik.
Ushbu musobaqaning guruh bosqichidan o'rin olgan Xitoy Taypeyi hamda BAA o'rtasida bo'lib o'tadigan o'yinni boshqarish uchun SHerzod Qosimov tayinlandi. Unga qanotda Andrey Capenko yordam beradi. Ushbu o'yin 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, musobaqada dastlabki 4ta o'rinni egallagan jamoalar kelasi yili Polshada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
Fikrlar