SHerzod Qosimov OFK Kubogi uchrashuvida ishlaydi
23 mar 2017 11:36
Yangiliklar
SHerzod Qosimov OFK Kubogi uchrashuvida ishlaydi
Osiyo futbol konfederaciyasi OFK Kubogi–2017 turniri “B” guruhi 4-turidan o'rin olgan “Safa” (Livan) – “Al-Hidd” (Bahrayn) o'rtasidagi uchrashuvga rasmiylarni tayinladi.
Uchrashuv bosh hakami sifatida o'zbekistonlik FIFA referisi SHerzod Qosimov ishlaydi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynullin yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi.
Uchrashuv komissari – Pairit Tanpairi (Tayland). Hakamlar nazoratchisi etib iroqlik Kadhum Auda Lazim al-Saidi tayinlandi.
Malumot o'rnida, “Safa” – “Al-Hidd” bellashuvi 3 aprel, dushanba kuni Livan poytaxti Beyrut shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar