SHerzod Qosimov "Andijon" ishtirokidagi o'yinni BESHINCHI marotaba boshqaradi
13 noy 2018 12:57
Yangiliklar
SHerzod Qosimov "Andijon" ishtirokidagi o'yinni BESHINCHI marotaba boshqaradi
Bugun vodiyda hal qiluvchi bahs. "Andijon" va "Istiqlol" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuv Superliga masalasini hal qilishi mumkin.
PFL tomonidan uchrashuv bosh hakami etib tayinlangan SHerzod Qosimov, bundan avval 4 marotaba "burgutlar" ishtirokidagi uchrashuvni boshqagan edi. Bunga qadar FIFA referisi "Norin" (4:1), "Surxon" (1:1), "SHo'rtan" (3:0) va "Dinamo" (1:0) jamoalariga qarshi o'yinlarda hakamlik qilgan.
Andijon – Istiqlol (14:30)
Hakamlar: SHerzod Qosimov, Mo'min Majidov, Rasul Fozilov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Oybek Yunusov.
Fikrlar