SHerzod Nasrullaev: "Ertaga 200 foiz ishtiyoq bilan maydonga tushamiz"
09 sen 2024 21:05
Yangiliklar
SHerzod Nasrullaev: "Ertaga 200 foiz ishtiyoq bilan maydonga tushamiz"
"Nasaf" klubi va O'zbekiston terma jamoasi azosi SHerzod Nasrullaev JCH-2026 uchinchi saralash bosqich Qirg'izistonga qarshi uchrashuv oldidan ertangi bahs haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Ertangi uchrashuvga tayyormiz. Barcha futbolchilar etarlicha tiklanib olishdi. Qirg'izistonni ham o'rganib oldik. Ushbu saralash bosqichida maksimal natija qayd etishga harakat qilamiz. 100 foiz emas, 200 foiz ishtiyoq bilan maydonga tushamiz. Maqsadimiz g'alaba qozonish. Maydon holati suniy bo'lishiga qaramay, imkon qadar yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz himoyachisi SHerzod Nasrullaev
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 uchinchi saralash doirasidagi Qirg'iziston - O'zbekiston bahsi ertaga soat 19:00da start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar