So’nggi yangiliklar

01:50Гвардиола: "Чемпионлик учун ҳақиқий кураш энди бошланмоқда"  0 01:17Рубен Аморим: "Бизда ўсиш бор"  1 00:46Инглиз футболида қизиқ ҳолат: клуб бир ҳафта учун дарвозабон ижарага олди  2 00:26Луис Диас ЕЧЛда дисквалификация қилинди  1 00:09Артета ҳимоячисининг жароҳатига изоҳ берди  1 23:50Флик: "Нега Мессининг мураббийи бўлишни истамас эканман?"  1 23:30 Суперлига. "Андижон" – "Хоразм" 3:2   0 23:26БАА. "Бани Яс" "починни очди", "Дибба" пешқадамлардан биридан очко тортиб олди  0 23:10U-17 Жаҳон чемпионатида барча чорак финал якунланди ва ярим финал жуфтликлари аниқ бўлди  2 22:56Вадим Абрамов: "Бир қанча муаммолар бўлишини билардик, лекин муаммолар бунчалик кўп бўлишини кутмагандик"  2 22:38Баҳром Ҳайдаров: "Динамо" майдонида дуранг ўйнаш биз учун ғалабага тенг"  2 22:13Акмал Шораҳмедов: "Натижадан қониқдим, лекин ўйиндан эмас"  8 21:54"Милан" собиқ "қария"сини қайтармоқчи  2 21:19Ҳаким Фузайлов: "Учала голни ҳам ўзимизга ўзимиз олиб келдик"  2 21:16Суперлига. "Машъал" – "Навбаҳор" 0:0  3

SHerzod Nasrullaev - CAFA, Eronga qarshi bahs, Azmun va OKMK bilan o'yindagi g'alaba haqida Yangiliklar

SHerzod Nasrullaev - CAFA, Eronga qarshi bahs, Azmun va OKMK bilan o'yindagi g'alaba haqida

"Nasaf" jamoasi o'tgan turda o'z maydonida OKMKni mag'lub etdi (2:0)

Nasaf

Husniddin Aliqulov - 3', Mateus Lima - 48'

Superliga. 13-tur

24/06/2023, 20:00

0
:
2
Tugadi

OKMK

45'
90'
3'  Husniddin Aliqulov
3'  Javohir Sidiqov
48'  Mateus Lima
48'  Oybek Bozorov
59'  Mateus Lima (Azizbek Amonov)
67'  Bahrom Abdurahimov (Sukhrob Nurulloyev)
90'  Oybek Bozorov (SHahzod Akramov)
90'  Javohir Sidiqov (Abubakrrizo Turdaliev)
90'  Shuhrat Muhammadiyev (ZHo'rabek Mannonov)
7'  Anzur Ismoilov
56'  Mirjamol Qosimov (Siyavash Haqnazariy)
56'  Akrom Komilov (Vitaliy Denisov)
77'  Sanjar Tursunov (Oybek Rustamov)
77'  Dilshod Ahmadaliev (Eldor Begimov)
87'  Mirzhahon Mirahmadov (Muhammadanas Hasanov)

"Ajdarlar" futbolchisi SHerzod Nasrullaev mazkur uchrashuv va FIFA kunlaridagi CAFA musobaqasi haqida saytimizga intervyu berdi. 

-  Umuman dastlab O'zbekiston terma jamoasi safidagi o'yinlaringiz haqida. CAFA turniri finalida Eron haqiqiy kuchimizni ko'rsatib berdimi? 

- Ilk turda O'monga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdim, deb o'ylayman. Murabbiy meni markaziy himoyachi poziciyasiga qo'ydi. Yomon harakat qilmadim. Eronga esa munosib qarshilik ko'rsatdik. Ajoyib o'yin bo'ldi. Biz vaziyatlardan foydalana olmadik. Gol urib olganimizda o'yin tizgini butkul o'zgarib ketishi mumkin edi. 

- Eron bilan o'yinda ular bilan teng o'ynadik, zarbalar ham teng edi. Ularning asosiy ustunligi nimada bo'ldi? Azmun faktorimi? 

- Eron yakkakurashlarda ko'proq ustunlik qildi. Ikkinchi qavatda hujumchilari yaxshi o'ynadi. Azmunda bitta imkoniyat bo'ldi va foydalanib ketdi. 

- Katanec sizni markaziy himoyachi rolida ishlatdi. Bu poziciya sizning kuchli tarafingiz hisoblanmaydi. Qay darajada noqulaylik tug'dirdi? 

- To'g'ri haqiqiy poziciyam qanot himoyachisi. SHunga qaramay yomon o'yin ko'rsatmadim. Noqulayliklar yuzaga kelmadi. 

- Qarshida "Nasaf" OKMKni mag'lub etdi. Raqibning bu tarkibda maydonga tushishi kutilmagandek bo'lmadimi? Siyavash, Boake aynan himoyachilarga bosh og'riq bo'ladigan ijrochilar tushmadi ilk daqiqadan ustunlik mezbonlarda bo'ldi...

- SHunchaki o'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Bizda g'alabaga xohish yuqoriligi maydonda ko'rindi. Ularning qanday tarkibda maydonga tushishidan xabarimiz yo'q edi. Siyavashni o'rnida Sanjar Tursunov to'p tepdi va u ham munosib harakat qildi. 

- "Nasaf" o'sha pallada turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgandi. Qaysi markaziy uchrashuvni ko'proq qaysi uchrashuvni kuzatdingiz? 

- Hali oldinda o'yinlar ko'p. Bizning vazifamiz undan ham yuqoriga intilish. Ikkita o'yin ham ajoyib o'tdi. "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvini kuzatdim.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика