So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Sherzod Jo'raev: "Men har doim bor mahsulotdan unumli foydalanishga harakat qilaman" Yangiliklar

Sherzod Jo'raev: "Men har doim bor mahsulotdan unumli foydalanishga harakat qilaman"

Superliga 29-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Sherzod Jo'raev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bahs haqida gapiradigan bo'lsak, "Mashal" jamoasining oxirgi ikkita o'yinini o'rganib chiqqan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Muborakliklar uyda "Qo'qon-1912"dan ustun kelishdi va Qashqadaryo derbisida "Nasaf"ni mag'lub etishdi. Ikkita uchrashuvdagi g'alabadan keyin ruhiy tomonlama ustunlik "Mashal" tomonida edi. Bugun bizga bazi futbolchilarimizning jarohat olgani o'z tasirini ko'rsatdi. Shu bois ko'proq Komil Tojiddinov, Sherzod G'ulomjonov kabi yoshlarga imkon berdik. Rotaciya ustida ish olib boryapmiz. Bugun jamoamiz oxirigacha harakat qildi, buning uchun yigitlarga rahmat. "Mashal" jamoasiga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- "Navbahor" bosh murabbiyligiga endi kelganingizda Superliga tajribasi biroz etishmayapti deb aytgan edingiz. Bugun shu ham tasir qildimi?

- Men bu holatni anchadan beri ichimda saqlab keldim. Nimaga desangiz jamoani qabul qilib olganimda vaziyat juda ayanchli edi. Biz sakkizta o'yindan beri ijobiy natija ko'rsata olmay kelayotgandik. Futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qolib qolgandi. Futbolchilarga vaziyat salbiy tasir qilmasligi uchun hamma yukni o'zimga olishimga to'g'ri keldi. Chunki "Navbahor" men uchun juda aziz klub, menga ko'p narsa berdi.

- Agar rahbariyat sizga ishonishda davom etsa, kelasi yil nimalarni o'zgartirgan bo'lardingiz?

- Yaxshi savol berdingiz. Hozir qo'l ostimizdagi mavjud tarkib bilan ishlashga to'g'ri kelyapti. Mavsum yakuniga etganidan keyin rahbariyat qarori qanaqa bo'lishini bilmayman. Menga ishonch bildirib asosiy jamoa topshirilgani katta sharaf. Chunki "Navbahor" - bu brend. Bizning "Paxtakor", "Nasaf" kabi klublardan kam joyimiz yo'q. Men har doim bor mahsulotdan unumli foydalanishga harakat qilaman. Rotaciya esa albatta kerak. Yoshlarga ishonaman. Futbolga nisbatan o'z qarashlarim bor va shuni singdirishga harakat qilyapman.

- Bilamizki, siz hujumkor futbolni maqul ko'rasiz. Lekin bugungi o'yinda futbolchilar orqaga ko'p bor to'p uzatishdi.

- To'g'ri takidladingiz, to'p bilan oldinga harakat qilish menga yoqadi. Mashg'ulotlarda ham shuning ustida ko'p ishlaymiz. Bugun himoya markazidagi ikkita asosiy futbolchimiz yo'qligi sabab boshqalarni sinab ko'rdik. Shu bois darvozabon orqali o'ynashga majbur bo'ldik. Bundan tashqari "Mashal" ham yuqori pressinga o'tib bizni shunga majburladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

   
22 noy 12:02:48
Baxtigali Adilov
Бу мураббий колмаса керак
   
22 noy 08:18:25
Шуҳрат Зиётов
Навбаҳор, Насаф, АГМКА, Андижон мавсуим якунланмай эрта пишди бу йил
   
21 noy 21:09:57
Фарход
Гапга чечан экан, 1 тур колди, тренировка килади ми ,ётиб ухлайдими нима узгаради, 7 урин эмас 8чи урин , еки аксинча 7 эмас 6 чи урин , али хужа, хужа али , келаси мавсумга омад медаллардан бирига сазовор булишни тилаб коламиз
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика