SHerzod Hakimov: “Buxoroga faqat g'alaba uchun boramiz”
11 iyu 2016 17:01
Yangiliklar
SHerzod Hakimov: “Buxoroga faqat g'alaba uchun boramiz”
“Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” (2:1) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi SHerzod Hakimov “Neftchi” matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- Derbiga mos o'yin bo'ldi. Bellashuv muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Qo'qon jamoasini enganimizdan xursandman. Kuchli va jamoaviy o'yin hisobiga derbida g'alaba qozondik. Bizni qizg'in tarzda qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Keyingi turda “Buxoro”ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Xozir Oliy ligada istalgan jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Biz “Buxoro” jamoasi uyiga faqat g'alaba uchun boramiz, - deb fikrlarini yakunladi “Neftchi” vakili SHerzod Hakimov.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” keyingi turda Buxoroda o'ynaydi. Farg'onaliklar 16 iyun “Buxoro” jamoasiga qarshi safar bahsini o'tkazishadi.
“Neftchi” matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar