SHerzod Hakimov: “Birinchi turda gol urishni maqsad qilgandim”
10 mar 2019 17:35
Yangiliklar


SHerzod Hakimov: “Birinchi turda gol urishni maqsad qilgandim”
Superliganing 1-turida elitaga qaytgan “Surxon” klubi “Metallurg”ni qabul qildi va 1:1 hisobida tugadi.
O'yindan keyin “Surxon” safida gol muallifi bo'lgan SHerzod Hakimov saytimiz uchun intervyu berdi.
- CHempionatga, xususan ushbu uchrashuvga jismonan va ruhan yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi o'yinda gol urish maqsadim edi va niyatimga etdim. Qiyin o'yin o'tkazdik. Uchrashuv so'nggiga qadar hisobda oldinda borib, yakunda gol o'tkazib yuborganimiz biroz alam qilayapti. Keyingi bahslarda g'alabalar bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi SHerzod Hakimov.
Dildora Xolboeva yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar