So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

SHerzod Esanov: "Katta rejalarim bor, ularni bosqichma-bosqich amalga oshiraman" Yangiliklar

SHerzod Esanov: "Katta rejalarim bor, ularni bosqichma-bosqich amalga oshiraman"

Yozgi transfer oynasida "Andijon"dan Rossiyaning "Akron" klubiga o'tgan iqtidorli yarim himoyachi SHerzod Esanov kecha Rossiya kubogi doirasida o'tkazilgan "Fakel"ga qarshi bahsda vatandoshimiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Saytimiz muxbiri Emil Bekmuhamedov esa SHerzod bilan bog'landi va kichik suhbat qurdi

- Yangi jamoaga va Rossiyadagi hayotga moslashish qanday kechmoqda? Ko'chib o'tishda muammolar bo'lmadimi?

- Assalomu alaykum. Hammasi joyida. Asta-sekin yangi sharoitga ko'nikib boryapman. Klubga moslashishim yaxshi ketayotgandek. Ko'chib kelishga kelsak, bu borada hech qanday muammoga duch kelganim yo'q.

- Jamoa, murabbiylar shtabi va xodimlar sizni qanday kutib olishdi?

- Meni juda samimiy kutib olishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

- O'zbekiston va Rossiya futboli o'rtasidagi farqni his qilishga ulgurdingizmi? Ikki mamlakat futbolida qanday farqlarni sezdingiz?

- Albatta, farq bor. Barcha ligalar nimasi bilandir boshqalardan farq qiladi. O'ylaymanki, Rossiya Premer-ligasida futbol Superligaga nisbatan jismoniy jihatdan kuchliroq.

- "Akron"dagi futbolchilarim bilan do'stlashib ketishga ulgurdingizmi?

- Men barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman. Jamoamizda juda yaxshi va iliq muhit mavjud.

- "Andijon"da o'rgangan qaysi jihat "Akron" jamoasida qo'l kelmoqda?

- "Andijon"da ko'p narsani o'rgandim. U erda professional faoliyatim boshlandi. "Andijon"da boshimdan kechirganlarim mening rivojlanishimga ijobiy tasir ko'rsatgani aniq.

- Yangi klubda va Rossiya chempionatida o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?

- Malum bir maqsadsiz futbolchiga o'ynash qiyin. Mening katta rejalarim va maqsadlarim bor, ularni bosqichma-bosqich, qadam-baqadam amalga oshiraman.

- "Andijon"ning o'yinlarini kuzatib borasizmi?

- Ha, albatta, kuzataman. Klub uchun qayg'uryapman. Umid qilamanki, ular O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishadi.

- Faoliyatingizni kuzatishda davom etayotgan o'zbek muxlislariga tilaklaringiz?

- Menga g'amxo'rlik qilayotgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Men buni his qilaman va bu meni ishlashni davom ettirishga undaydi.Meni qo'llab-quvvatlayotgan va g'amxo'rlik qilayotgan oilam va yaqinlarimga ham rahmat aytmoqchiman.


Emil Bekmuhamedov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика