So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

SHerzod Esanov: “Bobur Arena”dagi atmosferani sog'indim” Yangiliklar

SHerzod Esanov: “Bobur Arena”dagi atmosferani sog'indim”

Bu yil “Andijon” klubiga qo'shilgan futbolchilar orasida iqtidorli yarim himoyachi SHerzod Esanov ham bor.

Osiyo chempioni – bor etiborini yana “Andijon”ga qaratgan. Uning qaytganidan ishqibozlar ham xursand. Ayni paytda u ham jamoasi bilan birgalikda 10 mart kuni “Bunyodkor”ga qarshi bo'ladigan uchrashuv uchun tayyorlanmoqda. “Andijon” matbuot xizmati Esanovdan intervyu oldi.

SHerzod, “Andijon” klubiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Hammasi qanday yuz berdi?

-Avvallambor, assalomu alaykum! Xabiringiz bo'lsa, “Andijon” bilan shartnomam bor edi va shu shartnoma tugadi. “Andijon” jamoasi tomonidan menga taklif bo'ldi va bu taklifga rozi bo'ldim.

O'tgan yilning ikkinchi yarmida “Andijon”dan “Olimpik”ka o'tgandingiz va bu yil yana sobiq klubingizga qaytdingiz. Aytingchi, o'tgan vaqt davomida bu erda qanday o'zgarishlarni sezdingiz?

-Agar “Olimpik”da o'tgan vaqtimga keladigan bo'lsak, u erda ko'p narsa o'rgandim. Yarim yil ichida emas, bir yil desa ham bo'ladi. Sababi, yilning birinchi qismida ham terma jamoa sabab klubimda bo'lmadim. O'yin uslubi va boshqa narsalarda o'zgarish sezdim va shu narsalarga moslashish ishlari bo'lmoqda, desam ham bo'ladi. Bu erda o'zimni ko'rsatib, muxlislarni xursand qilmoqchimiz.

Bu mavsumda futbolchi sifatida o'zingizni va jamoaning potencialini qanday baholaysiz?

-Biz har doim o'zimizga katta maqsad qo'yamiz. Xudo xohlasa, “Andijon” muxlislarini xursand qilamiz, degan umiddaman.

Siz 7-raqamni tanladingiz. Nima uchun?

-Bilmadim. SHu raqam bo'shligini bilgan holda so'radim. SHu raqamda o'ynash niyatim bo'ldi va bu menga qo'shimcha motivaciya beradi.

“Bunyodkor”ga qarshi bahsga tayyorgarlik qanday ketyapti? “Bobur arena”da to'p surishni sog'indingizmi?

-“Bunyodkor”ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Muxlislarimiz oldida g'alaba qozonish niyatidamiz. “Bobur arena”ga kelsak, albatta o'ziga xos atmosferani sog'indim.

Olmaliqdagi durangdan qoniqdingizmi?

-O'yin kurashlar ostida o'tdi. Aytib o'tganimdek, biz har o'yinga faqat g'alaba qozonish uchun chiqamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика