So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  3 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

SHerzod Esanov: "Andijon"da har tomonlama o'sishga erishdim" Yangiliklar

SHerzod Esanov: "Andijon"da har tomonlama o'sishga erishdim"

Ijara asosida "Andijon"dan "Olimpik" klubiga o'tgan iqtidorli yarim himoyachi SHerzod Esanov quyidagilarni aytib o'tdi.

"Faoliyatimda katta futbolga qadam qo'yishni "Andijon"dan boshladim. O'ylaymanki, bu erdagi bir yarim yillik mavsum men uchun har tomonlama yaxshi bo'ldi. 

"Andijon"dagi atmosfera ajoyib edi va u erdagi hamma narsa menga yoqdi, xuddi o'zim o'ylagandek. SHu fursatdan foydalanib, "Andijon" klubi rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari, oshpazlari, jamoa xodimlari hammaga katta rahmat aytmoqchiman.

Rejamda ketish yo'q edi. "Andijon"ga ancha o'rganib qolgandim. Lekin menga taklif bo'ldi va bu haqda uydagilar bilan maslahatlashdim, o'rganib chiqqanimizdan so'ng bu chaqiruvga rozi bo'ldim. Baribir qachondir shunday bo'lishi kerak edi. Biroq yana qaytaraman: "Andijon"ga ancha o'rganib qolgandim va bu o'zim yoqtirgan jamoa edi. Muxlislari esa juda ajoyib. Bu erdagi bir yarim yillik faoliyatim juda yaxshi o'tdi, har tomonlama o'sishga erishdim. Tajriba orttirishga erishdim. Murabbiylardan, katta futbolchilardan ko'p narsa o'rgandim. Xullas, "Andijon"dagi faoliyatim zo'r o'tdi. Hammasi uchun rahmat aytmoqchiman. Ikkinchi davra jamoaga omad tilab qolaman", – dedi futbolchi.

20 yoshli Esanov "Andijon" tarkibida 5 ta o'yin o'tkazdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика