

"Faoliyatimda katta futbolga qadam qo'yishni "Andijon"dan boshladim. O'ylaymanki, bu yerdagi bir yarim yillik mavsum men uchun har tomonlama yaxshi bo'ldi.

"Andijon"dagi atmosfera ajoyib edi va u yerdagi hamma narsa menga yoqdi, xuddi o'zim o'ylagandek. Shu fursatdan foydalanib, "Andijon" klubi rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari, oshpazlari, jamoa xodimlari hammaga katta rahmat aytmoqchiman.

Rejamda kyetish yo'q edi. "Andijon"ga ancha o'rganib qolgandim. Lekin menga taklif bo'ldi va bu haqda uydagilar bilan maslahatlashdim, o'rganib chiqqanimizdan so'ng bu chaqiruvga rozi bo'ldim. Baribir qachondir shunday bo'lishi kerak edi. Biroq yana qaytaraman: "Andijon"ga ancha o'rganib qolgandim va bu o'zim yoqtirgan jamoa edi. Muxlislari esa juda ajoyib. Bu yerdagi bir yarim yillik faoliyatim juda yaxshi o'tdi, har tomonlama o'sishga erishdim. Tajriba orttirishga erishdim. Murabbiylardan, katta futbolchilardan ko'p narsa o'rgandim. Xullas, "Andijon"dagi faoliyatim zo'r o'tdi. Hammasi uchun rahmat aytmoqchiman. Ikkinchi davra jamoaga omad tilab qolaman", – dedi futbolchi.
20 yoshli Esanov "Andijon" tarkibida 5 ta o'yin o'tkazdi.


