So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  9 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  94 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

SHerzod Azamov: Jamoadoshlarim Sneyderdan kuchliroq futbolchilarga qarshi ham o'ynashgan Yangiliklar

SHerzod Azamov: Jamoadoshlarim Sneyderdan kuchliroq futbolchilarga qarshi ham o'ynashgan

Mamlakatimizning amaldagi bronza medali sovrindori Paxtakor Turkiyadagi yig'in orqali OCHL pley-offidan o'rin olgan uchrashuvga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, «sherlar» 30 yanvar kuni Doxadagi «Tani Bin Jassim» stadionida Qatarning «Al-Garafa» klubi mehmoni bo'lishadi.

O'z vaqtida «Nasaf» jamoa­sidagi o'yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan, ayni payt «Paxtakor» libosida to'p surayotgan himoyachi SHerzod Azamov biz bilan suhbatda yangi mavsum taraddudi hamda 30 yanvar oqshomida o'tkaziladigan o'yin arafasidagi fikrlarini bayon etdi.

- SHerzod, «Paxtakor»ning Turkiyadagi yig'ini qanday davom etyapti? Mashg'ulotlarda yangiliklar bormi?

- Asosiy yangilik - safimizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bilan shug'ullanyapmiz. Boshqa katta o'zgarish yo'q.

- Yangi futbolchilar jamoa o'yiniga moslasha olishyaptimi?

- Juda tez moslashishdi. CHunki tarkibimizga qo'shilgan o'yinchilar yosh emas. Tajribali bo'lishgani uchun bosh murabbiy talab qilgan narsalarni tezda o'zlashtirib olishyapti. Jismoniy holatni tiklashga etibor qaratayotgan murabbiy o'z g'oyasini tushuntirishga intilyapti. Biz esa topshiriqlarni bajarishga harakat qilyapmiz. Bu o'yinlar orqali OCHL «pley-off» uchrashuviga tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- Mashg'ulot va nazorat o'yinlari bilan parallel ravishda «Al-Garafa» klubini o'rganish jarayoni ham davom etyaptimi? Qatar klubining kuchli jihatlari nimada?

- Hali bu jamoa ishtirokidagi o'yinlarni ko'rmadik. Lekin murabbiylar raqibni o'rganib chiqishmoqda. Mashg'ulot jarayonida «Al-Garafa»ning kuchli va aksincha, zaif tomonlari bo'yicha ishlayapmiz.

- Jamoa tarkibiga Uesli Sneyder kelib qo'shidi. Bu «Al-Garafa»ning sezilarli darajada kuchayishiga sabab bo'ladimi? Mazkur transfer sizlarni xavotirga solmayaptimi?

- Yo'q, bundan tashvishlanayotganimiz yo'q. CHunki, «Paxtakor» futbolchilari Sneyderdan ko'ra kuchliroq o'yinchilarga qarshi maydonga tushishgan. Jamoada bir-ikki futbolchi ko'p narsani hal qilmaydi. Maydonda har ikki klub tarkibida ham 11 nafardan futbolchi o'ynaydi. Bir kishiga etibor bersak, qolganlar xavf tug'diradi. SHu sababdan ham butun jamoani inobatga olishimiz kerak.

- «Pley-off»ning yagona o'yindan iborat ekani, bu uchrashuvning Qatarda o'tkazilishi «Paxtakor»ning imkoniyatlarini biroz chegaralamaydimi?

- Hozir vaziyat shunday, yani ortga yo'l yo'q. Biz o'yinga tayyormiz, qolganini vaqt ko'rsatadi. Maydonga g'alaba ilinjida tushamiz va so'nggi daqiqalargacha kurash olib boramiz.

- «Paxtakor» ikkinchi «Nasaf»ga aylanib ulgurdi, hisobi. Sobiq jamoadoshlaringiz yangi muhitga moslashishda muammo sezishmayaptimi?

- Men «Paxtakor» ikkinchi «Nasaf»­ga aylandi, deb o'ylamayman. Katta futbolda toblangan futbolchilar muammoga duch kelishmaydi. Haqiqiy professional maydon tanlamasligi kerak.

- Jamoa safiga kelib qo'shilganingizga yarim yildan oshdi. Ortga nazar tashlab, xulosalaringiz qanday bo'lyapti?

- «Paxtakor»ga o'tish men uchun katta sinov edi. O'zimni yangi jamoada sinab ko'rishni maqsad qilgandim va o'sha paytda qabul qilgan qarorimdan afsuslanmayman. «Paxtakor» - o'zbek futboli tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk jamoa.

- Bu yilgi kuchli raqobatga ham tayyormisiz?

- Istalgan sport turini oling, u raqobatdan xoli emas. Raqobat bo'lmasa, hech bir sportchi, shu jumladan, futbolchi ham o'sishga erishmaydi.

- «Nasaf» bu yo'qotishlardan keyin kuchsizlandi, deb hisoblaysizmi?

- Yo'q. O'tgan mavsumda ham Qarshi jamoasini tark etganlar etarli edi. SHunga qaramay, u «Nasaf»ligicha qoldi. Kelgusida ham bu klubning vazifasi o'zgarmaydi.

- Ushbu transferlarning amalga oshishida asosiy omil masalaning moliyaviy tomoni bo'lganmi?

- Inkor etmayman, moliyaviy tomon ham rol o'ynagan. Bundan tashqari, «Paxtakor» rahbariyati tomonidan klub oldiga qo'yilayotgan vazifalar ham har qanday futbolchini o'ylantirib qo'yadi. Yani, turli sov­rinlarga erishish mumkin.

- SHota Arveladzega qanday tarif berasiz?

- Evropalik murabbiy ekanligi bilinib turadi. Bu mashg'ulotlarda seziladi.

- Mabodo «Paxtakor» «Al-Garafa» to'sig'idan o'tolmasa, bu jamoa­ning keyingi rejalari o'zgarib ketishiga sabab bo'ladimi?

- Vazifalar o'zgarmaydi. Asosiy maqsadimiz - O'zbekiston chempioni bo'lish. Albatta, OCHL guruh bosqichiga chiqishga astoydil harakat qilamiz. Hozirgi paytda bor etibor shunga qaratilgan.

- CHempionlik poygasida asosiy raqib sifatida «Lokomotiv»ni ko'r­yapsizmi?

- Hamma jamoa o'z oldiga maqsad qo'yadi. Lekin biz «Lokomotiv»ga etibor bermaymiz. SHunchaki, o'z o'yinimiz haqida o'ylaymiz.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi   "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика