SHerzod Abduraimov: “Yana terma jamoaga qaytib, JCHga borishdan umidvorman”
02 mar 2015 10:00
Yangiliklar

SHerzod Abduraimov: “Yana terma jamoaga qaytib, JCHga borishdan umidvorman”
O'z vaqtida yoshlar terma jamoasida asosiy darvozabon bo'lishdan tashqari, sardorlik vazifasini bajargan SHerzod Abduraimov bu yil jamoasini o'zgartirdi.
Iqtidorli posbon og'ir jarohatdan keyin asta-sekin o'zini tiklab bormoqda. Endilikda u Quvasoyning “Cementchi” darvozasini qo'riqlaydi. Yaqinda Abduraimov bilan suhbatlashdik.
- SHerzod, “Mashal” bilan butunlay xayrlashdingizmi? Umuman olganda “Cementchi”ga o'tishingiz qanday amalga oshdi?
- O'tgan yili yoshlar terma jamoasi yig'inida Turkiyada bo'lib qaytgandik. Xorijda Albaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida oyog'imdan jarohat olib, safdan chiqqandim. Afsuski jaroxat jiddiy bo'lib chiqdi. SHifokorlar operaciya stoliga yotishim kerakligini aytishganidan so'ng oktyabr oyida oyog'imni operaciya qildirishga majbur bo'ldim. Bilasiz bu jarayondan keyin har qanday futbolchi avvalgi sport formasiga kirishga qiynaladi. Boz ustiga “Mashal”da raqobat ham kuchli. O'zim farg'onalik bo'lganim uchun ham yana birinchi ligaga qaytgan “Cementchi”da o'ynash varianti paydo bo'ldi. Aniqrog'i bugungi kunda “Neftchi”da darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy Bahodir SHamsiddinov menga “Cementchi”da o'ynash istagi bo'lsa, murabbiylarga tavsiya qilishini aytdi.
“Mashal” vice-prezidenti Ilhom Qurbonov va murabbiyim Dilshod Andaev bilan bu haqda suhbatlashganimizdan keyin ular qarshilik ko'rsatmadi va muhimi o'yin amaliyotiga ega bo'lishim lozimligini takidlashdi. Fursatdan foydalani, ularga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Qolaversa akam Bekzod Abduraimov ham Quvasoy jamoasiga ko'chib o'tishimni va shu orqali yana yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olishimni xohladi. Rosti shu darajaga chiqishimda Bekzod akamni hissasi katta. Doimo kerakli maslahatlari bilan menga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatib keladi. Hammasini tarozini pallasiga solib ko'rgach, “Cementchi”ga o'tishga qaror qildim.
- “Mashal”ni sizni ijaraga bergan bo'lsa kerak?
- Ha, o'zaro kelishuvga ko'ra bir yil “Cementchi”da ijarada o'ynaydigan bo'ldim.
- Yangi jamoadagi taassurotlar qanday?
- Hammasi yaxshi. Jamoa uchun sharoitlar yaratib kelinmoqda. Avtobus, stadion bor. Mana endilikda baza masalasi ham ijobiy tomonga hal etildi. Futbolchilar uchun kiyim-kechak bo'lyapti. Murabbiylar munosabati va futbolchilar ham yoqdi. Faqat o'z ustingizda ko'proq ishlashingiz kerak.
- “Mashal” bilan o'zaro taqqoslab ko'rgan bo'lsangiz kerak?
- “Mashal” bu – professional klub. Brend darajasiga chiqqan. U erda hamma o'z ishiga jiddiy yondoshadi. “Cementchi” ham endi shu yo'lda shakllanmoqda. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu erda ham sharoitlar yomon emas. Aytarli katta farqni sezmadim.
- Yangi jamoangizning mavsumga ko'rayotgan tayyorgarligi qanday ketmoqda?
- Joriy chempionatga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Quvasoylik muxlislarning ham jamoadan umidi katta. Ular futbol mavsumini sabrsizlik bilan kutmoqda. Ishqibozlarni xursand qilish uchun munosib ravishda ishlayapmiz.
- Malum muddatlik tanaffusdan so'ng birinchi ligaga qaytgan “Cementchi” yana “yo'qolib” qolmaydimi?
- O'ylaymanki bu yil tarkib munosib o'yinchilar bilan shakllantirilmoqda. Agarda etibor berayotgan bo'lsangiz, nazorat o'yinlarida g'alabalarimiz soni ko'p bo'lmoqda. Bu ham qaysidir manoda, to'g'ri yo'ldan ketayotganimizni anglatsa ajab emas. Ishonamanki “Cementchi” boshqa raqiblariga jiddiy bosh og'riq bo'ladi.
- “Cementchi”da ham asosiy darvozabonga aylanishingizga qanchalik ishonasiz?
- Har xolda shunday bo'lishga astoydil xarakat qilyapman. Raqobat har bir jamoada bo'ladi. Uni bo'lgani yaxshi, o'sasiz. Mendan tashqari Bahodir Yigitaliev ham taklif etilgan. Yigitaliev bungacha “Spartak” (Buxoro”) va “Buxoro” yoshlar jamoasida o'ynagan. O'ziga yarasha mahorati bor. Murabbiylar kim kuchli bo'lsa, o'shani qo'yadi.
- Nima deb o'ylaysiz, Quvasoy jamoasida o'ynab yana yoshlar terma jamoasiga taklif olishingiz mumkinmi?
- Menga ko'proq o'yin amaliyoti kerak. SHu maqsadda “Cementchi”ni tanladim. Albatta har bir o'yinda maydonga tushib, o'zimni ko'rsata olsam, yana yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olaman. Murabbiylar birinchi liga bahslarini ham kuzatib boradi. Niyatim yana terma jamoaga qaytib, Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan kichik mundialda ishtirok etish. Menimcha har qanday futbolchi JCHga borishni istaydi. Umid qilamanki bunga erishaman.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar