SHervud Sterlingni "Tottenxem"da ko'rmoqchi bo'lgan
18 apr 2015 17:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/169418_original.jpg)
![](/upload/storage/169418_220.jpg)
SHervud Sterlingni "Tottenxem"da ko'rmoqchi bo'lgan
"Aston Villa" bosh murabbiyi Tim SHervud "Tottenxem"ning yoshlar jamoasida ishlagan kezlari Raxim Sterlingga qiziqish bildirgan.
2010 yilda Sterling KPRdan "Liverpul"ga o'tgan.
"U katta iqtidor sohibi va yaxshi yigit. Uni bolaligidan taniyman. Unda g'olibning ruhi bor.
Raxim KPRda o'ynaganida, uni hamma tanir edi va barcha Sterlingni o'z jamoasiga og'dirishga harakat qilgan. "Tottenxem" o'sha paytda Raxim uchun so'ralgan pulni to'lamas edi, ammo biz shunday taklif bilan chiqqanimizda, u rozi bo'lar edi. Raxim "Liverpul"ga o'tib to'g'ri qildi, Sterlingga uni asosiy tarkibda maydonga tushiradigan murabbiy kerak bo'lgan" - deydi SHervud.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar