So’nggi yangiliklar

11:16"Рома" "Атлетико" собиқ ўйинчиси билан эркин агент мақомида шартнома имзолайди  0 10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  4 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  6 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9

"SHerlar"ni kim yaraladi? Yangiliklar

"SHerlar"ni kim yaraladi?

O'tgan yili chempionlikni nishonlagan "Paxtakor" uchun bu yilgi mavsum ko'ngildagidek kechmadi.

"Paxtakor" chempionlikdan tezda beshinchi pog'onaga tushib ketdi.

No'mon Hasanov boshchiligida chempionatni boshlagan "sherlar" uchun mavsum starti juda xunuk boshlandi.

Yil boshida avvaliga O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Nasaf"ga yutqazgan "sherlar", keyinchalik OCHL doirasidagi "Al Hilol"ga qarshi bahslarda ham g'alaba nimaligini bilmadi. Mavsumning to'rtinchi o'yiniga kelibgina "Paxtakor" yangi mavsumdagi o'zining dastlabki g'alabasini, yakunda Oliy ligadan quyi ligaga tushib ketgan "Andijon" ustidan qo'lga kiritdi.

Qizig'i, undan oldingi oxirgi g'alabaga ham aynan "Andijon"ga qarshi bahsda erishilgandi. Yani, 2015 yilgi chempionatning so'nggi turida "Andijon" jamoasi yirik hisobda tor-mor etilgandi.

Keyinchalik jamoa OCHLda nisbatan yaxshiroq o'yin ko'rsatib, oliy ligada kutilgan natijalarni qayd eta olmadi. Xususan "Buxoro", "Nasaf" va "Qizilqum" bilan bo'lgan ketma-ket uch bellashuvda "sherlar" faqat durang qayd etishni uddasidan chiqa olishdi xolos. Aynan shu o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar "Paxtakor"ni chempionlik poygasida ishtirok etolmasligiga chalingan qo'ng'iroq bo'ldi.


No'mon Hasanov qo'l ostida "Paxtakor" OCHLda faqatgina safarda "Traktorsozi" hamda "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berdi. Qolgan o'yinlarda ochkolarni qo'lga kiritgan "sherlar" guruhda 10 ochko bilan 3-pog'onada qolib ketishdi.

CHempionatda esa "Paxtakor"ning ishlari yanada chigallashdi. O'tgan mavsumda Hasanov boshchiligida "Paxtakor" oliy ligada faqatgina "Andijon", "Qo'qon-1912", "Metallurg", "Navbahor" jamoalarini mag'lub etdi. "Nasaf", "Buxoro", "Qizilqum" bilan bo'lgan bahslarda murosa ko'chasi tanlangandi. "Paxtakor" chempionlik yo'lidagi o'zining eng ashaddiy va principial raqiblari hisoblangan "Lokomotiv", "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berishga majbur bo'lishdi.


Jamoa so'ngra O'zbekiston Kubogining nimchorak finalida "Buxoro"ga har ikkala bellashuvda ham yutqazdi va mamlakat kubogidan chiqib ketdi. No'mon Hasanovga chiqish eshiklarini ko'rsatgan uchrashuv esa Toshkentda, "Neftchi" bilan bo'lgan bellashuvda sodir bo'ldi. O'sha o'yinda "Neftchi" jamoasi garchi deyarli butun o'yinni bir kishi kam bo'lib o'tkazganiga qaramasdan "Paxtakor"ni safarda engishni uddasidan chiqqandi. SHundan so'ng "Paxtakor" rahbariyati No'mon Hasanovni ketma-ket uchala uchrashuvda ham yutqazgani tufayli istefoga chiqardi.

"Paxtakor"ning muvaffaqiyatsiz mavsumiga bir qator omillar sababchi bo'ldi. "Paxtakor"ni mavsum avvalida bir qator etakchi futbolchilari tark etishdi. Jamoa sardori Kaxi Maxaradze chempionlik poygasidagi eng ashaddiy raqibi "Loko"ga o'tgan bo'lsa, Aleksandr Merzlyakov "Buxoro"ni tanladi. Egor Krimec Xitoyga, Aleksandr Lobanov esa Eronga ketdi. Igor Sergeevga munosib zaxira bo'lib turgan Bahodir Pardaev ham "Buxoro" variantini maqul ko'rgandi. Bularning o'rni munosib futbolchilar bilan to'ldira olinmadi. "Paxtakor" ko'proq yana o'z akademiyasidan chiqib kelayotgan yoshlarga ishonch bilan qaradi. Tarkibga jalb etilgan Suhrob Berdiev, Azim Ahmedov singari futbolchilar esa jamoaga tezda kirishib keta olishmadi.

Ikkinchi davrada Suhrob Berdiev jamoadan ketgan bo'lsa, Azim Ahmedov jamoadagi o'rnini asta-sekin topa oldi.

No'mon Hasanovning istefosidan so'ng jamoa ruliga O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlovchi va "Paxtakor"da Hasanovga yordamchi bo'lib kelgan Grigoriy Kolosovskiy o'tirdi.

Grigoriy Kolosovskiyning oldiga jamoani imkon qadar yuqori o'rinlardan joy olish vazifasi qo'yildi.

Kolosovskiy boshqaruvida "Paxtakor" yakunda chempionatni kuchli-beshlikda yakunladi. "Paxtakor" bronza medallari uchun bo'lgan kurashga qo'shila olmagan bo'lsada, Kolosovskiy jamoaning o'yin sifatini oshirishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, "Paxtakor" principial raqiblari sanalgan "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv"ni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Bu to'qnashuvlardagi g'alaba esa Kolosovskiyning o'rnini yanada mustahkamladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Grigoriy Kolosovskiy "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida jamoani 20ta o'yinda boshqardi va shularning 11tasida "sherlar" g'alaba nashidasini surishdi. Yana to'rtta bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan bo'lsa, qolgan beshta uchrashuvda "Paxtakor" yutqazdi.

Kolosovskiy boshqaruvida "Paxtakor" o'tkazilgan o'yinlarning yarmidan sal ko'prog'ini, yani 51% g'alaba bilan yakunladi.

Kolosovskiyning murabbiylik ishiga hali yakuniy bahoni berish biroz mushkul. Jamoa o'yinida o'sish kuzatilgani bor gap. Ushbu mutaxassis "Paxtakor"ga yana g'oliblik ruhini qaytargandek bo'ldi. Aynan shu jihatlar evaziga "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" jamoalari ikkinchi davrada mag'lub etilgani bor gap.


Lekin Kolosovskiy etishmagan va erisha olmagan yana bir jihat - bu jamoa o'yinida barqarorlik kuzatilmadi. Yani jamoa natijalari bir tekisda yaxshilanmadi. Bazan kerakli natijalar qo'lga kiritilgan bo'lsa, bazida jamoa kutilgan bellashuvlarni o'z foydasiga hal eta olmadi.

SHundoq ham etakchilaridan ayrilgan "Paxtakor"ni ikkinchi davrada Igor Sergeev ham tark etdi. Unga qadar "Paxtakor"ning aksariyat gollarini urgan jamoaning asosiy "snayperi"ni o'rnini to'ldirish Kolosovskiyga qo'shimcha bosh og'riqlarini keltirib chiqardi. "Paxtakor" deyarli barcha uchrashuvlarda raqib darvozasini ishg'ol etish uchun minimum uchga yaqin vaziyatlar sodir etmoqda. Ammo ulardan foydalanish koefficenti juda past darajada. Bunga jamoada to'purar futbolchining yo'qligi ham sabab bo'lmoqda. Mavsum yakunlariga ko'ra, "Paxtakor"ning eng yaxshi to'purari Igor Sergeev bo'ldi va uning hisobida 11ta gol mavjud. Igor Sergeev esa "Paxtakor"da atiga yarim mavsum o'ynadi va shunga qaramay jamoa to'purari bo'lib qoldi. Agarda OCHLni ham qo'shib hisoblaganda, Sergeev hisobidagi gollar 16taga etadi. "Paxtakor"ning ikkinchi to'purari esa Jaloliddin Masharipov bo'ldi. "Paxtakor" safida ushbu mavsumda chinakamiga porlagan futbolchi barcha musobaqalarda jami 8ta gol kiritdi.

Grigoriy Kolosovskiy aytib o'tganidek, "Paxtakor"ga ikkinchi davrada mahoratli hujumchi etishmagani ham pand berdi.

CHempion jamoaning keyingi yili 5-o'ringa tushib ketishi bu chinakamiga inqiroz. Lekin buning o'ziga yarasha sabablari mavjudligi haqida aytib o'tdik. Klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli yil boshida bir qator etakchi futbolchilar jamoani tark etishdi. Egor Krimecning Xitoyga transferidan tushgan pullari esa jamoaga as qotganini Kolosovskiy ham takidlab o'tgandi. Ikkinchi davrada esa Igor Sergeevning transferidan tushgan mablag' "Paxtakor" joniga oro kirdi. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli jamoa o'tgan mavsumda kutilganidek ishtirok etolmadi. Lekin shunga qaramay, jamoaning o'yinidagi pasayishlar va muvaffaqiyatsizlikdan so'ng klub rahbariyatini bosh murabbiyni istefoga chiqardi va jamoadagi ob-havoni o'zgartirdi.

Lekin ushbu mavsumni "Paxtakor" to'liqligicha boy bergani yo'q. natija taraflama ha, mavsum o'ta muvaffaqiyatsiz o'tdi deyishga asoslar etarli. Ammo jamoaning yaqin kelajakdagi poydevori yanada mustahkamlandi. Akademiyadan porlab chiqayotgan bir qator yoshlar charxlandi. Abbos Otaxonov, Georgiy Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Boltaboev, Suhrob Nurulloev, Jasur Yaxshiboev, Javohir Siddiqov, Andrey Sidorov kabi istedodli yoshlar keyingi mavsumda jamoaning asosiy futbolchilariga aylanishsa ajab emas. Jaloliddin Masharipov va Javohir Sohibov singari futbolchilar esa allaqachon jamoa etakchilari qatoriga qo'shilishdi.

"Paxtakor" garchi moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan o'tkazgan bo'lsada, bir qator moliyaviy jihatdan ustunroq bo'lgan jamoalardan turnir jadvalida tepada bo'ldi. Bunga esa aynan akademiyadagi mevalari tufayli erishdi. "Paxtakor"da muntazam ishlab turadigan tizim mavjudligi va bu ularga har qanday holatda as qotishiga yana bir bor amin bo'ldik. Yani, "Paxtakor" o'z tarbiyalanuvchilarini sotib bundan pul ishlab topayotgan sanoqli klublarimizdan bittasi. Bular safiga hozirda  faqatgina "Mashal" va "Bunyodkor"ni qo'shishimiz mumkin.

Bu kabi holat "Paxtakor"da 2013 yili ham kuzatilgandi. O'shanda jamoa mavsumni to'rtinchi pog'onada yakunlab, keyingi ikki yilni chempionlik bilan tugatgandi. Bu yili jamoa tarkibini biroz yangilab olish natijasida keyingi mavsumda yana haqiqiy "sher"ga aylanish ehtimoli katta. Bu ham jamoaning barqarorligidan dalolat beradi. 5 yil ketma-ket uchinchi yoki ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdan ko'ra, 1-2 yil tarkibni yangilab olib, keyingi yillarda chempionlik uchun kurashmoq va maqsadga erishmoq mantiqliroq.

"Paxtakor" keyingi yili chempionlik uchun kurashishi aniq. Faqat jamoa qay ko'rinishda bunga qo'shiladi? Yani faqatgina yosh tarbilanuvchilari evazigami yoki tarkib mahoratli va tajribali futbolchilar bilan ham boyitiladimi? Kelasi mavsumda "Paxtakor" OCHLda ishtirok etmasligini hisobga oladigan bo'lsak, jamoa ko'pincha yana o'z akademiyasidan chiqayotgan yoshlarga etiborni kuchaytirishi mumkin. Bu yangilik emas. Ammo jamoaga kuchliroq legioner taklif etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bu endi kelasi yili klub qanday moliyaviy holatda bo'lishiga bog'liq masala.

SHuningdek, "Paxtakor" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiyga ishonch bildiradimi yoki jamoaga yangi kuchliroq bosh murabbiy taklif etaldimi? Bu ham ochiq qolayotgan savol.

Klub tizida o'zgarishlar kuzatilmasa, unda katta ehtimol bilan Grigoriy Kolosovskiy jamoa rulida qoladi. Aynan Kolosovskiyni murabbiylik ishini keyingi mavsumda ko'rishimizga imkoniyat tug'iladi. Bu yilgi mavsum esa Kolosovskiy uchun haqiqiy tajriba maktabi bo'lib xizmat qiladi.


O'z xato va kamchiliklarini to'g'ri tahlil eta olsa, ulardan kerakli xulosalarni chiqara olsa, Grigoriy Kolosovskiy keyingi yili muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Aks holda Grigoriy Kolosovskiy ham faqatgina yordamchi murabbiy bo'lib ishlab yuradi.

Oliy ligaga esa o'sha jahldor, "ko'zi qonga to'la" "Paxtakor" zarur. CHempionatdagi intriga masalasi ko'proq aynan shu jamoa bilan bog'liq.

"Paxtakor"dan "yaralangan sher" misoli qaytishni kutamiz.

Kuchsizlangan "Paxtakor" bilan chempionatimiz kuchayib qolmaydi...

P.S. Hafta davomida boshqa jamoalar haqida ham to'xtalib o'tamiz.


SHahboz Beg'amov

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика