So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  102 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

"SHerdor"ning mavsumdagi birinchi g'alabasi, Xolmirzaev safdan chiqdi Yangiliklar

"SHerdor"ning mavsumdagi birinchi g'alabasi, Xolmirzaev safdan chiqdi

19 aprel kuni O'zbekiston Birinchi ligasi 4-tur uchrashuvi doirasida Samarqandning SHerdor jamoasi Buxoroning "G'ijduvon” klubi mehmoni bo'lishdi.
Mavsumni mag'lubiyat bilan boshlagan jamoamiz Buxoroda “G'ijduvon” jamoasi mehmoni bo'lib muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvning dastlabki bo'limida ikkala jamoa vakillari asosan himoyaga etibor qaratib, qarshi hujumdan o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi. Ikkala jamoa vakillarida bir qator imkoniyatlar yaratilgan bo'lsada birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limda mezbonlar o'yinini kuchaytirib bir qator hujumlarni amalga oshirishdi. Asosan qarshi hujumga tayanib harakat qilgan jamoamiz uchrashuvning 88-daqiqasida Sanat Ziyaevning chiroyli to'p uzatishidan so'ng Sanjar Akramov “G'ijduvon” darvozasini ishg'ol qilib hisobda oldinga chiqib oldi. 0:1

Uchrashuvning so'nggi o'n daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun bor kuchlari bilan harakat qilgan bo'lsalarda o'yin yakunigacha hisob o'zgarmadi. SHu tariqa “SHerdor” mavsumdagi ilk muhim g'alabasini qo'lga kiritishdi.

O'zbekiston Birinchiligi
4-tur. 19 aprel (yakshanba)
G'ijduvon (G'ijduvon) – SHerdor (Samarqand) – 0:1.
243 tomoshabin
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi) – 7,9, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,0, Z. Elibaev (Qarshi) – 8,0, SH. Radjabov - 8
Nazoratchi hakam: A. Abdullaev (Toshkent).
Gol: S. Akramov (89).
Ogohlantirishlar: B. Tursunov (20), U. Xudoyberdiev (80), A. Boboev (84) – O. Tursunov (20), T. Dadashev (33), G. Adamyan (66), S. Ziyaev (67).

SHerdor: 1. SHuxrat Murodov, 15.Ozod Tursunov, 2.Berdiyor Abdurashidov, 14.Azamjon Abdurafikov, 5.Dilshod Isoqulov, 17.Dilshod Nosirov, 3.Iskandar Xolmirzaev, 19.Sanjar Akramov, 6. Timur Dadashev, 7. Sanatillo Ziyoev, 10. SHoxrux Islomov.

Zaxira:
13.Adamyan Georgiy, 11.Azimbek Nizomov, 20.Anvar Nosirov, 9.Abulfayz Musaev, 4.Muxriddin Ergashev, 18. Abbos Qarshiev, 12.Sardorbek Jumaev.

Xolmirzaev safdan chiqdi


"SHerdor" yarim himoyachisi Iskandar Xolmirzaev jarohati tufayli jamoasining bir nechta o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Iskandar Xolmirzaev Birinchi liga 4-turida "G'ijduvon" bilan uchrashuvda (0:1) oyog'idan jarohat olib almashtirildi.

“SHerdor”ning yarim himoyachisi tez orada jarohatdan forig' bo'lib maydonga qaytishiga umid qilib qolamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика