"SHerdor" tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi
30 jan 2014 21:24
Yangiliklar

"SHerdor" tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi
Samarqandning Birinchi ligadagi jamoasi "SHerdor" tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi.
5 yanvardan boshlab navbatdagi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlagan "SHerdor" azolari viloyat futbol federaciyasi kubogi yakuni bilan birinchi bosqich tayyorgarlikni yakunladi. Birinchi bosqich asosan yoshlarni tanlab olish va jismoniy holatni tiklab olishga qaratildi. Ellikdan ziyod mahalliy yoshlar ichidan eng munosiblar saralanib bormoqda.
Hozirga kelib jamoa murabbiylar shtabiga "Dinamo" klubining sobiq himoyachisi Uchqun Qobilov ham kelib qo'shildi va Sayfulla SHaripov, Valeriy Kostrikin bilan birga ish olib bormoqda.
Jamoada Sanjar Akramov, Dilshod Tursunov, G'olib Sariboev, Otabek Meliev, Ikrom Islomov kabi yangi futbolchilar mashg'ulotlar olib bormoqda. Navbatdagi mavsumda ham "SHerdor" to'liq mahalliy yoshlar bilan maydonga tushishni maqsad qilgan.
"SHerdor"ning o'tgan yilgi tarkibidan quyidagi futbolchilar ayni vaqtda boshqa jamoalarda ko'rikdan o'tmoqda.
Turg'un Qobilov, Yunus Suyunov ("So'g'diyona"), Bobir Nasimov ("Andijon"), Iskandar Xolmirzaev ("Dinamo")lar ayni vaqtda boshqa jamoalar ko'rigidadir.
Samarqand viloyat futbol federaciyasi kubogidagi muvaffaqiyatli uchrashuvdan so'ng jamoa birinchi bosqichni yakunlab qisqa tatilga chiqdi. Endi jamoa navbatdagi bosqich tayyorgarlikini 1 fevraldan boshlab yana Samarqandda boshlaydi. Ushbu bosqichda ham yoshlar saralanib Samarqanddagi "Hokim kubogi-2014"dagi ishtirok bilan yakunlanadi. SHundan so'ng jamoa o'zagi to'la shakllanib tayyorgarlik olib boriladi.

Fikrlar