"SHerdor" o'rtoqlik uchrashuvida "Dinamo"ni mag'lub etdi
14 fev 2018 16:16
Yangiliklar
"SHerdor" o'rtoqlik uchrashuvida "Dinamo"ni mag'lub etdi
Bugun Samarqandning ikki klubi o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro bahs olib bordi.
"SHerdor" va "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi nazorat bellashuvi "SHerdor"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yin "Dinamo" futbol maktabi maydonida o'tkazildi.
O'yinda dastlab "Dinamo" yarim himoyachisi Ilhom Yunusov tomonidan hisob ochildi. U jarima to'pidan unumli foydalandi. Oradan sal o'tib "SHerdor" futbolchisi Mirjalol Lokaev hisobni tenglashtirdi.
"SHerdor"ga g'alaba keltirgan golga esa Laziz Nuriddinov mualliflik qildi. U jarima to'pidan uzatilgan to'pni boshi bilan "Dinamo" darvozasiga yo'llab qo'ydi - 2:1.
O’xshash yangiliklar
22:01
Jiyanov qo'shildi, Yusupov va O'rinboev yo'q. "Navbahor"ning bugungi mashg'ulotidan GALEREYA 2
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar