So’nggi yangiliklar

04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  3 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  0 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   4 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  12 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  18 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйин ўтказди  54 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  6 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  12 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  6 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0

SHerali Jo'raev: "Qizilqum" - yuqori o'rinlarga munosib jamoa! Yangiliklar

SHerali Jo'raev: "Qizilqum" - yuqori o'rinlarga munosib jamoa!

Yaqinda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi yarim himoyachisi SHerali Jo'raev “Futbol ekspress” gazetasiga intervyu berdi.

Unda futbolchimiz yangi mavsum taraddudi va kelgusi rejalari xususida o'rtoqlashdi. Quyida mazkur suhbatni etiboringizga havola etamiz.

SHerali, ayni damda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda?

-Tayyorgarlik ayni qizg'in pallasiga kirgan deyishim mumkin. Bugungi kunga kelib kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni olib bormoqdamiz. Mashg'ulotlar bir-biridan qiziqarli va ko'tarinki ruxda o'tmoqda. Mashg'ulotlarimiz asosan Navoiy shahrida tashkil qilinmoqda. Murabbiylarimiz nazariy va amaliy mashg'ulotlarni bir-biriga bog'lagan holda sifatli tashkil qilishmoqda. O'z o'rnida biz futbolchilar ham ularning  ko'rsatmalarini bajaryapmiz. Tayyorgarlik borasida barchasi ko'ngildagidek kechmoqda. Murabbiylarni takidlashicha, yangi mavsumda jamoamiz kuchli beshlikka kirish uchun kurash olib boradi. Demak, yangi mavsumdagi rejamiz aniq, shunday ekan, jamoani ravnaqi yo'lida barchamiz bir bo'lib mehnat qilishimiz kerak bo'ladi.  

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa horij yig'inini ham tashkil qilsa kerak?

-Horij yig'ini tashkil qilinsa  maqsadga muvofiq bo'lardi. Sifatli maydon va qulay ob-havoda kim ham shug'ullanishni istamaydi deysiz. Klub raxbariyatini aytishicha, jamoani Dubay shahrida o'quv-yig'inini tashkil qilish rejalashtirilgan. Lekin bu faqatgina reja xolos, barchasini vaqt ko'rsatadi. Agar jamoamiz horijda yig'in tashkil qilsa o'ylaymanki, bu faqat bizga foyda beradi.

 Jamoaga yangi o'yinchilar kelib qo'shilayotganligi haqida eshitdik, raqobat ham kuchayib ketgandir?

-Albatta, jamoamizga bir nechta kuchli raqobat muxitini shakllantirishi mumkin bo'lgan yangi o'yinchilar kelib qo'shilishdi. Bulardan Ilxom Yunusov Alisher Yusupov kabi futbolchilarni aytib o'tishim mumkin. Raqobat bor joyda o'sish va yuksalish bo'ladi. SHunday ekan, kuchli futbolchilarni jamoamizga kelib qo'shilishi biz uchun faqat foyda bo'ladi deb o'ylayman.



“Qizilqum” bilan shartnomangiz bu yil ham amalda bo'ladimi?

-SHartnomam o'z nihoyasiga etgan. “Qizilqum” bilan hali yangi shartnomaga imzo chekmadim. Bir qancha jamoalardan og'zaki takliflar bo'ldi. Lekin, men bu mavsumda ham sevimli jamoam tarkibida to'p sursam kerak.

Ko'pchilik qatori Siz ham horij chempionatida to'p surishni istasangiz kerak?

-Albatta, horij chempionatlarida to'p surishni barcha qatori men ham istayman. Alo darajadagi sharoitlar, moddiy va manaviy tomondan yuksaklik, bunday sharoitda barcha futbolchilar to'p tepishni istaydi. Agar shunday variantlar paydo bo'lsa, uni qo'ldan chiqarmayman. Bilasizmi men uchun muximi kuchliroq jamoa tarkibida to'p surish, qolgani esa o'z-o'zidan bo'laveradi. Qanchalik kuchli klubda to'p sursangiz, malakangiz ham oshib borveradi. Boshqalarni bilmadimi, lekin men uchun pul muxim ahamiyatga ega emas, asosiysi jamoa kuchli bo'lsin.

Masalan, Malayziya Superligasidan taklif bo'lsa?


-Bu mamlakatga ko'plab futbolchilarimiz yo'l olishmoqda. Aytishlaricha, Malayziya chempionati ham qiziqarli va  legionerlar evaziga bugungi kunga kelib, yuksalish jarayonida ekan.  Men hozircha o'zimizni jonajon vatanimizda to'p surib muxlislar mexrini qozonish niyatidaman. Horij chempionatida to'p surish rejamda bor, bu qachon amalga oshishini esa vaqt ko'rsatadi.

“Qizilqum”ni oldiga yuqori o'rinlar vazifa qilinsa-da, lekin u to'liq bajarilmayapti. O'tgan mavsumda ham jamoa 10-o'rin bilan kifoyalandi...


-To'g'ri aytdingiz, jamoamiz katta natijalarni o'z oldiga qo'ymoqda va shu maqsadda maydona tushmoqdamiz. Afsuski, aksariyat o'yinlarda bizdan omad ochiqchasiga yuz o'girdi. Natijada, esa o'ta muxim uchrashuvlarda ochkolarni boy berdik, shularni xisobiga biz yakunda 10-o'rinni egalladik deb o'ylayman. O'z maydonimizda deyarli teng kuchli raqiblar - Mashal, Metallurg, safarda esa So'g'diyona, Andijon, Qo'qon-1912 jamoalariga muhim ochkolarni boy berganimiz bizga qimmatga tushdi. Bu natija barchamizni qoniqtirmadi. CHunki jamoamiz bundan-da yaxshiroq natijalarga qodir edi.

Balki, moliyaviy tomonlar yaxshi natijalar egallanishiga o'z tasirini ko'rsatgandir?

-Nolishga hojat yo'q. Raxbariyat oylik va mukofot pullarrimizni o'z vaqtida berib turibdi. Bazi jamoalarga o'xshab qarzdorlik mavjud emas.  Faqat biz futbolchilar maydonga chiqib, o'ynashimiz kerak, deb hisoblayman. Ochig'ini aytsam, pul tomonidan noliydigan tomonlarimiz hozircha yo'q.

Aksariyat muxlislar yurtimizga kelayotgan legionerlarning saviyasidan nolishmoqda...

-To'g'ri, bazan saviyasi yuqori bo'lmagan bir qator horij o'yinchilarini uchratishimiz mumkin. Lekin bizni jamoada o'ynayotgan gruziyalik  Georgiy Kvesieshvili va ukrainalik Andrey Derkachlar legioner maqomiga mos tarzda mehnat qilishdi. Bir so'z bilan aytganda, saviyali o'yinchi ekanligini barchaga ko'rsatib qo'ydi.

“Qizilqum”da 23-raqamda to'p surasiz, nega aynan shu raqamni tanlagansiz?

-Andrey Arshavin meni futboldagi kumirim hisoblanadi. Uning o'yinlarini doim kuzatib, o'zim uchun ko'p narsa o'rganganman, u esa doim 23 raqam ostida to'p surgan.  SHu bois Arshavinga havas qilib shu raqamni tanlaganman. 


Xayrullo VASIEV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика