SHerali Jo'raev qachon safga qaytadi?
12 sen 2021 15:34
Yangiliklar
SHerali Jo'raev qachon safga qaytadi?
Buning sababini bilish istagida futbolchi bilan suhbatlashdik.
- Oxirgi uchrashuvlarda jamoa tarkibida ko'rinmay qoldingiz. Buning sababi nimada?
- Ko'zimda yuzaga kelgan muammo sababli, jarrohlik amaliyotini o'tkazdik. Hudoga shukur, hammasi muvaffaqiyatli o'tdi. Hozirda tiklanish jarayonidaman.
- Qachon mashg'ulotlarga qaytasiz?
- SHifokorlarning tavsiyasiga ko'ra, oktyabr oylarining boshlarida mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.
- Muhim pallada jamoaga yordam bera olmayapsiz. CHetdan turib kuzatish oson kechmayotgandir?
- Albatta qiyin bo'lmoqda. Nachora, shunday jarohatlar ham bo'lib turarkan. Tez orada hammasi joyiga tushib ketadi va men jamoamga yana yordam berishni boshlayman.
- Joriy mavsumda “Qizilqum” o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Maqsadimiz chempionatni sovrinli o'rinlarning birida tugatish hisoblanadi. Vazifani bajarish uchun oxirgi turlarga qadar kurashamiz.
Fikrlar