So’nggi yangiliklar

00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  36 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  3

SHerali Babakulov: "Yaqin yillarda "So'g'diyona" chempion bo'lishiga ishonaman" Yangiliklar

SHerali Babakulov: "Yaqin yillarda "So'g'diyona" chempion bo'lishiga ishonaman"

Jizzax futbol tarixida ayollar futbol jamoasi elitada ishtirok etishi tarixiy voqedir.

Ana shundan yosh va debyutant jamoani klub rahbariyati tajribali murabbiy,o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan, “Metallurg-W” jamoasini chempion qila olgan SHerali Babakulovga ishonib topshirishdi. SHerali Babakulov  shogirdlari ayni damda turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Bugun biz SHerali Babakulov bilan suhbat qilishga qaror qildik.

“So'g'diyona-W” safarda ikkita g'alabani qo'lga kiritdi. Jamoada kayfiyat qanday va “Lokomotiv-W” ga qarshi qanday tayyorgarlik olib borilmoqda?

O'z maydonimizda  g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan o'yinda “Buxoro-W” ga mag'lub bo'ldik va kerakli uch ochkoni qo'ldan boy berdik. O'z oldimizga safardan ochko olishni maqsad qildik va niyatimizga etdik. Mag'lubiyat jamoada ruxiy tushkunlikni olib keldi. Natija o'z tasirini ko'rsatdi. Mehmonda 6 ochko bilan qaytdik. “Qo'qon-1912 ” ayollar jamoasini bilan o'yin onson kechdi deb ayta olmayman. Kuchli xoxish  evaziga g'alaba qozondik. “Andijanka” ozgina qizlarni  xushyor o'ynashga majbur etdi. Lekin men jamoalarni bilar edim. Futbolchilar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarsa,g'alaba qozonishiga ishongan edim.Turdan turga o'yinimiz  yaxshilanmoqda. Mashg'ulotdan  mashg'ulotgacha qizlarda o'sishni kuzatayapman. Qizlar juda yosh. Jamoada etakchilar va yoshlar ham topshiriqlarni birdek bajarishmoqda.

Jamoada yosh futbolchi qizlar ko'p. Ular bilan individual shug'ullanib borasizmi? Umuman debyutant jamoa bilan ishlash qiyin bo'lmayaptimi?


-Haqiqatda jamoa juda yosh. Fevral oyida jamoani qabul qildim va mening qo'l ostimda yig'inga kirishdik. Jamoa jismonan mavsumga tayyor emas edi. Yosh futbolchilar bilan ayni damda individual shug'ullanishga deyarli imkon topa olmayapman. Manashu ikki haftalik tanaffus menga ancha yordam berdi. SHu fursatdan foydalanib ular bilan mashg'ulotlarda individual ishladim. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar doimo olib borilmoqda.


Jamoa bilan birga siz bu mavsumda o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?


Mavsum boshida yangi jamoani tashkil qilayotganimizda klub raxbariyati debyutant  ekanligimizni hisobga oldi. Masumda qaysidir o'rinni egallash emas ,balki chempionatda munosib ishtirok etish va kuchli raqobatbordosh jamoani tashkil qilishdek vazifa qo'yildi. Lekin  hozir ko'rsatayotgan o'yinimiz bilan  biror natijaga erisha olamiz. 16 may holatiga kelib ,chempionat penqadamlari 2 tadan o'yin o'tkazgani yo'q. To'g'ri, ular hali peshqadamligini qaytarishi mumkin. Ammo biz hozir jadvalda birinchi o'rindamiz.  Rahbariyat oldimizga jiddiy vazifa qo'ymasa-da,biz o'zaro kelishib maydonda faqat maksimal ochko to'plashga harakat qilamiz. Klub rahbariyati ikkinchi davrada avvalida jamoa tarkibini kuchaytirish bo'yicha ish olib borilishini aytib o'tdi. Biz esa ushbu etiborga javoban har bir o'yinda maksimal ochko yig'ishga harakat qilamiz.

Navbatdagi turlarda o'z maydonimizda kuchli jamoalarga qarshi bahs olib boramiz. O'yinlardan oldin qayday fikrdasiz?


– “Lokomotiv” bir necha yillar davomida chempionatda ishtirok etayotgan stabil jamoalardan biri. “CHaqilmas yong'oq” desa ham bo'ladi. Ularga qarshi 16 may kuni bahs olib boramiz. 24 va 27 may kunlari sobiq jamoam O'zbekiston chempioni “Metallurg-W” va o'tkan yili bronza medali sohiblari  bo'lgan “Bunyodkor-W” jamoalariga qarshi o'yin o'tkazamiz. Ularga qarshi bahs  jamoa uchun yana bir imtixon desam ham  bo'ladi. Agar manashu  uch uchrashuvda ijobiy natijani qo'lga kirita olsak , jamoada g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yanada oshadi.


“Metallurg-W”ni ham chempionlikkacha bo'lgan yo'ldan o'ziz olib bordingiz. “So'g'diyona-W” bilan ham murabbiy sifatida o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?


-Men har doim o'z oldimga eng yuqori maqsadlarni qo'yganman. Futbolchi sifatida 2008 yilda jarohatim sabab faoliyatimni yakunlaganman. Murabbiylikka o'tganimdan so'ng o'z oldimga maksmal maqsad qo'ydim. Bekobodda bir necha yillar davomida futbol maktabida ishladim. Ushanda 12 nafar tarbiyalanuvchim “Metallurg” yoshlar ligasida o'ynadi. Ayollar jamoasi bo'yicha taklif olganimdan so'ng o'z oldimga eng yuqori maqsadlarni qo'ydim bular: O'zbekiston chempioni bo'lish,O'zbekiston Kubogiga  va Superkubogiga ega bo'lish. Murabbiy sifatida esa O'zbekiston  terma jamoa murabbiyi bo'lish. O'z oldimga qo'ygan yuqori vazifalar bajarildi desam ham bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasini boshqarishdek baxt menga nasib etganligidan xursandman. Yangi raxbariyat  ayollar futboliga alohida etibor bilan qaramoqda. O'ylaymanki, terma jamoa murabbiyi bo'lishdek baxt yana nasib etadi. Mening murabbiy sifatida bor bilim va tajribamni nafaqat klubga balki terma jamoa manfaati uchun xizmat qilishini xoxlayman. Klubda esa raxbariyat bilan birga bir necha yillar davomida ishlash nasib etsa,ishonamanki “So'g'diyona-W” grandlar qatorida bo'ladi.

Klub raxbariyati “So'g'diyona-W” ga qay darajada etibor bermoqda?


-Klub raxbariyati shu bugungi kungacha biz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Klub prezidenti muntazam jamoaning har bir kunidan xabar oladi. Jizzax viloyat hokimining shaxsan o'zlari kelib 2 ta uy uchrashuvimizni tomosha qilganlari bu Jizzax viloyatida futboliga  etibor yuqori  ekanligidan dalolat. Klub prezidenti qattiqo'llik bilan bizni faqat oldinga chorlashlari va doimo qo'llab-quvvatlashlari bizni yanada ko'proq ishlashga undaydi. Men shu klubda ekanligimdan behad baxtiyorman.

Jizzaxlik muxlislar juda talabchan bo'lishadi. O'yinlarga ko'plab muxlislar kelib qo'llab-quvvatlashadi. Xattoki safar o'yinlariga ham borib jamoa bilan birga bo'lishadi. Ularga tilaklaringiz…


-Muxlislardan “Lokomotiv”ga qarshi bahsda kelib jamoani qo'llab-quvvatlashini so'ragan bo'lar edim. Ayniqsa ,biz uchun raqib bo'lgan usha grand jamoalarga qarshi bahslarga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi qizlarimizga yanada kuch beradi. Manashu uch  o'yin jamoa taqdirini tubdan o'zgartirishi mumkin. SHuning uchun stadionga tashrif buyuring va jamoani qo'llab-quvvatlang.


Asosiy jamoamiz navbatdagi turda “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs oldidan sizning fikringiz?


Yashirishni hojati yo'q. Aleksandr Mochinov ketgach jamoa tubdan o'zgardi. Aleksandr Mochinovni qo'p kuzata olmadim. Sergey Ivanovich jamoani qabul qilgandan so'ng futbolchilarga birinchi navbatda ishonchni qaytarib berdi. Maydondagi taktik harakatlar tubdan o'zgardi. Jahon futboli talab qilgan barcha xususiyatlar Sergey Ivanovichda mujassam .SHaxsan o'zim vaqtim bo'ldi deguncha kuzatib borayapman. Sergey Ivanovich tajribali murabbiy. Undan  o'rganadigan narsalar ko'p. Bunday uyalmayman. Kerak bo'lsa har mashg'ulotda yon daftarimga qayd qilib boraman,bilmagan narsalarni esa o'zidan ko'p bora so'rayman. Hozirgi “So'g'diyona”ning mashg'ulotlarini va o'yinlarini murabbiy sifatida kuzatish maroqli. Uni futbolchilarga qo'yayotgan talabi va uning orqasidan kelayotgan natijalari jamoa naqadar to'g'ri yo'lda ekanligini ko'rsatib bermoqda. To'g'ri taqvim tig'iz,oldinda qiyin o'yinlar bizni kutmoqda. Futbolchilarga avvalo sog'lik tilayman. O'ydagi mag'lubiyatsiz seriya davom etib hali ikkinchi davrada jamoa o'ziga kerakli ochkolarni qo'lga kiritadi deb ishonaman. Muxislarga esa har qanday holatda ham jamoani qo'llab-quvvatlashini so'rab qolaman.

“So'g'diyona” PFK matbuot kotibasi Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика