SHensni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
17 okt 2022 21:42
Yangiliklar
SHensni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
"Nyukasl" "Yuventus" darvozaboni Voycex SHensniga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, kelishuv 2023 yilning yozida amalga oshishi mumkin, Turin klubi esa futbolchini shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda qo'yib yuborishga tayyor.
32 yoshli posbon “Yuventus”ga 2017 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda SHensni 7 o'yinda o'z darvozasidan 6 ta gol o'tkazib yubordi hamda 3 ta "quruq o'yin" o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, Voycex 2005 yildan 2017 yilgacha Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni bo'lgan va "kanonirlar" tarkibida uchta sovrinni qo'lga kiritgan. Italiyada esa ikki marta mamlakat kubogi va superkubogini, uch marta A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi.
Fikrlar