“SHeffild Yunayted” APLda 90 yil avvalgi antirekordni takrorladi
13 dek 2020 19:35
Yangiliklar


“SHeffild Yunayted” APLda 90 yil avvalgi antirekordni takrorladi
Angliya chempionati 12-turida “SHeffild Yunayted” safarda “Sautgempton” bilan o'ynab, yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy berdi.
Jamoa joriy mavsum atigi bir ochko jamg'argan holda jadvalda oxirgi o'rinda turibdi.
1930/31 yilgi mavsumdan beri APL startidan o'rin olgan 12 ta o'yinda hech qaysi jamoa bunchalik kam ochko to'plamagandi. O'shanda “Manchester Yunayted”da 12 turdan keyin 0 ochko bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Kris Uaylder shogirdlari mavsumdagi yagona ochkoni “Fulxem” (1:1) bilan o'yinda oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar