"SHaxtyor" va Kievning "Dinamo" klublari legionerlari Ukrainadan Ruminiyaga jo'nab ketishdi
28 fev 2022 21:12
Yangiliklar
"SHaxtyor" va Kievning "Dinamo" klublari legionerlari Ukrainadan Ruminiyaga jo'nab ketishdi
Ukrainani "SHaxtyor" va Kievning "Dinamo" klublari legionerlari tark etishdi.
Har ikki klubning xorijlik futbolchilari oilalari bilan mamlakatni tark etgani va hozirda Ruminiyada ekanligi haqida xabar berildi.
“Futbolchilarni evakuaciya qilish UEFA prezidenti Aleksandr CHeferin, Ukraina futbol associaciyasi prezidenti Andrey Pavelko va Moldova futbol federaciyasi prezidenti Leonid Oleynichenkoning shaxsiy yordami tufayli amalga oshirildi. Ushbu jarayonda ishtirok etgan barchaga yordam berganingiz uchun rahmat”, - deyiladi klub bayonotida.
Umuman olganda, Ukrainadan Ruminiyaga 42 kishi jo'nab ketdi.
Jumladan, italiyalik Roberto De Zerbi boshchiligidagi “SHaxtyor” murabbiylari ham mamlakatni tark etishdi.
Fikrlar