"Shaxtyor" muxlislari Murzoev maydonga tushmayotganidan hayratda

Narzulla Saydullayev
17 okt 2014, 13:00
Kuni kecha bo'lib o'tgan "Shaxtyor" - "Qayrat" o'yidan keyin qarag'andaliklar muxlislar bosh murabbiy Viktor Kumikovga o'z noroziliklarini bildirishdi.
Gap shundaki, 64-daqiqada Toktar Jangilishbay o'rniga maydonga tushgan hamyurtimiz o'yin tempini sezilarli darajada kuchaytira olgan. Shundan so'ng muxlislar uni keyingi o'yinlarda ham maydonda ko'rish istagida ekanliklarini bildirganlar.

Faoliyatini hujumchi ampluasida boshlab, keyin yarim himoyaga o'tgan Murzoev joriy mavsum 18ta o'yinda maydonga tushgan.

Eslatib o'tamiz, o'z intervyularida Mirjalol Qosimov keyingi yig'inlarda Kamoliddi Murzoev, Bahodir Nasimov va Aleksandr Geynrix kabi futbolchilarni sinab ko'rishini ta'kidlab o'tgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia