"SHaxtyor" FIFAni sudga berdi, klub tashkilotdan 50 mln evro talab qilmoqda
18 iyu 2022 21:56
Yangiliklar
"SHaxtyor" FIFAni sudga berdi, klub tashkilotdan 50 mln evro talab qilmoqda
Ukrainaning "SHaxtyor" klubi FIFA tashkilotini sudga berdi.
Xorijlik futbolchilarga shartnomalarni to'xtatishga ruxsat beruvchi FIFA tuzatishi Ukraina klublariga ham tegishli edi. "SHaxtyor" klubi ushbu qaror ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) davo arizasi bilan murojaat qilishga qaror qildi. "Konchilar" FIFAdan etkazilgan zarar uchun 50 million evro miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Doneck klubi hisob-kitoblariga ko'ra, to'rt nafar legionerni sotish orqali taxminan yuqorida ko'rsatilgan summa miqdorida daromad olish mumkin edi. FIFA tuzatmasi "SHaxtyor"ga ushbu transferlarni amalga oshirishga ruxsat bermadi.
Eslatib o'tamiz, "SHaxtyor" 2022/2023 yilgi mavsumda CHempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadi. Ukraina chempioni o'z uy uchrashuvlarini Varshavada o'tkazadi.
Fikrlar