So’nggi yangiliklar

03:00Евро-2024 1/8 финал. Германия - Дания 2:0, "VAR" учта голни бекор қилди  0 02:20Евро-2024. Чорак финал йўлида чақмоқ ҳам Германияни тўхтата олмади!  41 01:38Расман: "Марсель" Де Зерби билан 3 йиллик шартнома имзолади  1 01:03Ламин Ямаль 250 миллион еврога сотилиши мумкин?!  5 00:45Евро-2024 1/8 финал. Швейцария - Италия 2:0, Спаллетти ҳам, Скамакка ҳам хеч нарса қила олишмади.  0 00:24Гол ва ассист қайд этган Варгас Швейцария – Италия баҳсининг энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 23:24ҚПЛ. "Қайрат" "Астана" устидан иродали ғалабага эришди, Йўлдошев эса...  2 23:16ҚПЛ. "Ордабаси" камбэк қайд этди ва турнир жадвалида якка пешқадамга айланди. Яхшибоевдан гол!  0 22:53Евро-2024. Швейцария амалдаги чемпионни мағлуб этиб, дастлабки чорак финалчига айланди  62 22:41"Бетис" "Бавария" собиқ футболчисини харид қилди  0 22:08МЮ "Бавария" футболчиси билан музокараларни бошлади  1 21:41"Барселона" 23 ёшли футболчисини текинга қўйиб юборди  0 21:11"Интер" ва "Манчестер Сити" собиқ ҳужумчиси Саудия лигасига йўл олиши мумкин  1 20:31Карвахаль: "Реал"дан сўнг ҳеч бир Европа клубига ўтмасликка кафолат бераман"  13 19:42Уилсон Раж Перумал: "Эрон ва Ўзбекистон терма жамоалари мундиалга йўл олишади. Иордания Ироқдан кучлироқ. Саудия эса плей-офф орқали ЖЧга йўл олади  6

SHavkat Salomov - Samolyot ichida aytilgan holis niyat Yangiliklar

SHavkat Salomov - Samolyot ichida aytilgan holis niyat

“Buxoro” jamoasi sardori SHavkat Salomov bilan Superliganing 13-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Nasaf” uchrashuvidan so'ng dildan suhbatda bo'ldik va uning samimiy so'zlarini muxlislarga etkazishni vazifamiz deb bildik.

-  SHavkat aka aytingchi malumki siz oldin ham “Buxoro”da o'ynagansiz, keyin Qozog'istonda o'ynadingiz. Yana sizni yangi “Buxoro”da ko'rib turibmiz?
-  To'g'ri, avvalo meni “Buxoro”ga qaytishimga sababchi bo'lgan inson bu Ulug'bek Baqoev bo'ladi. Biz Ulug'bek aka bilan deyarli har kuni, ikki – uch o'yindan so'ng gaplashib turardik.  Oldinlari bitta jamoada to'p surganmiz.  SHundan buyon biz doim deyarli birgamiz. SHuning uchun u inson menga xuddi akamdek yaqin ison bo'lib qolgan. Menda o'ynashim uchun 2008 yilda jamoa bor edi. 2007 yil esa qolmoqchi edim lekin afsus rejalar o'xshamadi. CHunki men shartnoma imzolagan edim hamki Ulug'bek Baqoev jamoani oldi.  Bir qiziq suhbat esimga tushdi. 2014 yil fevral oyining boshlari edi.   Ulug'bek aka bilan Turkiyaga samolyotda uchib borayotganimizda Ulug'bek aka menga SHavkat agar men murabbiy bo'lsam jamoamda to'p surasanmi? deb savol berib qoldi. SHunda avval jamoani olingchi, nasib etsa albatta o'ynayman degandim. Mana niyat holis ekanmi bilmadim, oradan shuncha vaqt o'tib Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi safidaman va bundan juda xursandman.


-  “Buxoro” ning muxlislariga qiziq bo'lgan bir savol bermoqchiman. Nega jamoa tur boshidan o'z uyida  yaxshi o'yin ko'rsatib g'alaba qozonib kelmoqda ammo, safarda yaxshi harakat qilsa ham ko'p hollarda mag'lubiyatga uchramoqda? Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
-  SHu savolni deyarli barcha muxlislar so'rashadi, hatto, telefon orqali ham so'raydilar. Ishonsangiz shu holat bizni o'zimizga ham juda qiziq. CHunki safarda birinchi bo'lib o'yinni yaxshi boshlaymiz, birinchi gol uramiz va qarabsizki goldan so'ng bari orqaga ketadi. Balki mehmondaligimiz maydonda erkin harakat qilishimizga qaysidir jihatdan to'siq bo'lar yana bilmadim... Lekin malum vaqt bosh murabbiy shuni sababini bilish ustida jamoa futbolchilari bilan birma-bir suhbatlashib, qaerda qanday xatoga yo'l qo'yilayotganligi hususida kerakli taktikalarni qo'llamoqda. Yaqin orada buni ham bir yoqadan bosh chiqarib bartaraf qilamiz. Biz uchun mamlakat chempionatida kuchli yoki kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Hamma bir xil va biz bundan oldin ham bundan keyin ham  shunga qarab ish tutganmiz va davom ettiramiz.

- Jamoa sardori sifatida shaxsan “Buxoro”ning  xozirgi va avvalgi tarkibi xaqida nima deya olasiz?
-  Muxlislarni ham birinchi navbatda aynan shunday savol qiziqtiradi. Mana sizga ham ularga ham shuni ayta olamanki, 2016-2017 yillardagi “Buxoro”dagi tarkib birinchi shu superligada o'ynasa edi keyin men qaysi biri kuchli ekanligini aytishim mumkin bo'lardi. 2016 yil boshqa, 2017 yil boshqa chempionat. Hozirgisi esa umuman boshqa chempionat. Bular tub-tubidan bir-biri bilan katta farq qiladi. Ko'ryapsiz kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Superligada ochko olish juda qiyin bo'lyapti. Avvalgi chempionatni uchta g'alabasi xozirgi chempionatning bitta g'alabasiga teng bo'lyapti (kulib). Xullas, avvalgi tarkiblar ham kuchli edi lekin hozirgi chempionatda o'ynagandan so'ng ular haqida bir narsa deyishim qiyin. Tarkib qanday ekanligini turnir jadvalidagi  o'rnimizdan  ham ko'rishingiz mumkin.


-  Sanat SHixovni terma jamoaga chaqirilgani haqida nima deya olasiz?
-  Bundan to'g'risi jamoadoshlar bilan  birga xursand  bo'ldik. Barakalla  Sanat juda maxoratli va masuliyatli futbolchi.  O'tgan yilgi o'yinlariga nisbatdan ancha unda o'sish bor. Hammasiga mehnati, o'z ustida ishlagani, murabbiy o'gitlarini yaxshi o'zlashtirgani sabab  mana natijasini  ko'rmoqda. Urugvayda ham yahshi natijalar ko'rsatib g'alaba uchun hissasini qo'shishiga ishonamiz! Omadini  bersin.

- Ulug'bek Baqoev haqida...
-  Ulug'bek aka haqida gapiradigan bo'lsam u inson menga ham do'st ham akamdek. Biz Irtishda ham birga edik. Deyarli hamma vaqt birgamiz.  Baqoev juda talabchan va qattiqqo'l. Faqat futbolda, ishda uni qattiqqo'l ekanligini ko'rasiz.  Balkim shuning  uchun yosh bo'lishiga qaramay yaxshi va yuqori natijalarni qo'lga kirityapti. Muxlislar o'ylashmasin u faqat maydonda asabiylashadi, baqiradi deb.  Yo'q, Ulug'bek aka asosan  futbolda, mashg'ulotlar chog'ida  jiddiylikni va talabni oshiradi. Aslida futboldan tashqarida u samimiy va  ochiq ko'ngil inson. Hamma narsani joy-joyida ishlatadi. SHunday inson bilan ishlayotganligimdan xursandman.

- Rejalaringiz haqida bilsak...
-   Xudo hoxlasa “Buxoro” bilan  nafaqat 6 talikka kirish balki OCHL ga ham chiqish niyatlarimiz bor. Aytishadik-u, oyni ko'zlamasang cho'qqiga chiqa olmaysan deb. Nasib etsa, bundan keyin ortga yo'l yo'q. Faqat oldinga harakat,  faqat olg'a !


- “Bunyodkor” bilan kechadigan uchrashuvda qanday natijani kutyapsiz?
- Aslida har bir o'yinda g'alaba uchun chiqamiz.  Bu uchrashuvda ham g'alaba uchun bor kuchimizni, maxoratimizni ishga solamiz. Barcha jamoalarni hurmat qilamiz xoh pasda bo'lsin xoh bizdan yuqorida.  Barchasiga qarshi bir xil maqsadda o'yinga chiqamiz. Bu endi futbol. Oldindan hech kim bilmaydi maydonda nimalar bo'lishini. Bilganda edi futbol sporti butun jahon bo'yicha birinchi o'rinda turmas edi. SHuning uchun bizdan faqat harakat. Murabbiyni ko'rsatmalarini to'liq bajarib, jon–jahdimiz bilan maydonda o'zimizni ko'rsatsak ko'zlagan natijamizga erishamiz. CHunki oyoqni uchida o'ynaydigan futbol tugadi endi.

- “Buxoro” muxlislari haqidagi fikringizni bilsak?
- Muxlislarga gap bo'lishi mumkin emas! Biz futbol o'ynayotgan vaqtimizda atrofdagi, tribunadagi muxlislarni qo'llab-quvatlashlarini ham kuzatamiz. Ularning daldasi bir tomondan bizga katta kuch va g'ayrat inom etadi.  SHu o'rinda ularga katta rahmat aytaman turli vaziyatlarda ham bizni qo'llab- quvvatlab turishgani uchun. Safarga ketsak, biz bilan bo'lishadi. Quvonsak qo'shilishib xursand bo'ladi. Mag'lub bo'lsak dalda berishadi. Ular etirofga loyiq. Ularni shunchalik qayg'urishiga yutmasang ham uyalasan kishi. Barchalariga omad tilayman. Bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishsin va charchashmasin. Biz futbolni ular uchun o'ynaymiz.


“Buxoro” PFK matbuot xizmati

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика