SHavkat Salomov nima uchun hakamning qaroriga qarshi chiqqaniga izoh berdi
07 apr 2018 16:32
Yangiliklar


SHavkat Salomov nima uchun hakamning qaroriga qarshi chiqqaniga izoh berdi
“Buxoro” sardori SHavkat Salomov "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi harakati uchun jarimaga tortilganidan xabaringiz bor.
Futbolchi "Buxoro" matbuot xizmatiga ushbu vaziyat borasida tushuntirish berdi.
"Kechagi o'yinga barcha birdek guvohi bo'ldi. Avvalambor men kechagi uchrashuvda hakamga nisbatan qilgan qo'pol harakatim uchun hakam va qolgan barchadan uzr so'rayman. Tan olaman, professional futbolchining ishini qilmadim.
Men shunchaki tajribali jamoadoshim Artyom Filiposyan sariq kartochka olishini umuman xohlamadim. CHunki unda uchta sariq kartochka bor edi. To'rtinchisini olsa “Neftchi”ga qarshi kechadigan safar o'yinimizda ishtirok eta olmasligini o'ylab, birdan o'zimni tutib tura olmadim.
Bundan keyingi uchrashuvlarda bunday xatolarga yo'l qo'ymaslikka vada beraman va yana bir bor barchadan uzr so'rayman", - deydi SHavkat Salomov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar