SHavkat Salomov: 3-4 yildan buyon SHaxtyorda o'ynayotgandekman
10 apr 2014 17:42
Yangiliklar
SHavkat Salomov: 3-4 yildan buyon SHaxtyorda o'ynayotgandekman
Hamyurtimiz Qarag'anda klubi safida dastlabki 5ta o'yinda 2ta gol urdi va uch bor golli pas oshirdi.
U Qozog'istonning Sports.kz saytiga intervyu berdi.
- SHavkat, jamoaning chempionatdagi starti haqida nima deya olasiz?
- Yaxshi boshladik. Faqat birinchi turda omadimiz kelmadi. O'sha o'yinda nima etishmaganini ayta olmayman... So'ngra Aktobe bilan durang o'ynadik, keyin uchta o'yinda yutdik. O'ylashimcha, bu yaxshi natija.
- Viktora Kumikov qo'l ostida o'ynash qanday?
- Barchasi ajoyib. Uning uslubi, mashg'ulotlar jarayoni, barchasi yoqmoqda.
- Ha. Jamoa yaxshi, futbolchilar ancha inoq. SHaxtyorda meni yaxshi qabul qilishdi. Bu erda 3-4 yildan buyon o'ynayotgandekman. Yaratganga shukr.
- Keyingi turda SHaxtyor Jetisu bilan o'ynaydi. Bu bahsga o'zgacha tayyorlanasizmi?- SHaxtyor barcha jamoaga qarshi bir xil tayyorlanadi, raqib birinchi o'rindami yoki so'nggi o'rindami, farqi yo'q. Biz doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Jetisuga qarshi alohida tayyorlanmayman, murabbiy aytgan ko'rsatmalarni bajaraman.
Fikrlar