Shavkat Saidov: “Muxlislar jangovor o'yinga guvoh bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
16 okt 2015, 22:19
“Andijon” – “Metallurg” (1:0) o'yinidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar murabbiyi Shavkat Saidov ishtirok etdi.

- Bugun andijonlik muxlislar ajoyib o'yinga guvoh bo'lishdi. Maydonda jangavor kurash kechdi. Jamoaviy o'yin borasida bizning yigitlar anchagina ustunlik qilishdi. Bahs davomida aynan 2-3ta qulay vaziyatlar yuzaga keltirdik. Yarim himoyachilarimiz bilan hujumchilarimizga birozgina mahorat yetishmadi deb o'ylayman – deya gap boshladi Saidov. 


- Himoyadagi e'tiborsizlik tufayli o'yin so'nggilarida darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Shuni a'lohida takidlashni istardimki, bugun “Andijon” posboni Gennadiy Moshnyaga o'z ishini a'lo darajada bajardi. U ko'p vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. Bugungi o'yinda bitta gol o'yin taqdirini hal etardi. Bu borada omad mezbonlarga kulib boqdi.

- Oxirgi vaqtlarda “Metallurg” haqida OAV va futbol jamoatchiligida ko'p gapirilmoqda. Bu jamoaga ruhan salbiy ta’sirini o'tkazmayaptimi?
- Yo'q, rahbariyat bizni qo'llab-quvvatlab turibdi. Futbolchilarga o'z vaqtida oylik maoshlarini berib boryapmiz. Hech qanday qarzdorlik yo'q. Shunday ekan hammasi yaxshi deyish mumkin – deydi Shavkat Saidov.


Islombek Rustambekov yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia