So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  0 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

SHavkat Saidov: "Metallurg"ning maksimum vazifasi 6-o'rinni egallash" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Metallurg"ning maksimum vazifasi 6-o'rinni egallash"

"Metallurg" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Metallurg” klubi jamoa boshlig'i SHavkat Saidov qatnashdi.

“CHempionatning birinchi turi hamisha qiyin kechadi. Ayniqsa talabchan muxlislar qarshisida o'ynash og'ir. Biz bu o'yinga jiddiy hozirlik ko'rgandik. O'zlaringiz shohidi bo'ldingiz, butun o'yin davomida “Metallurg” katta ustunlikka ega bo'ldi. Barcha vaziyatlardan foydalanganimizda yirik hisobda zafar quchardik. Ammo yoshlarimizdagi tajribasizlik, birinchi o'yindagi hayajon vaziyatlardan foydalanishda o'yinchilarimizga xalaqit berdi.

Mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoamizda katta o'zgarishlar bo'ldi. klubni tark etganlar o'rni yosh, iqtidorli o'yinchilar bilan to'ldirildi. Ular kelgusi o'yinlarda albatta o'zlarini ko'rsatishlariga ishonaman. Buning uchun biroz vaqt kerak.

Bugungi o'yinda barcha yigitlarimizdagi g'alabaga bo'lgan ishtiyoqini alohida etirof etgan bo'lardim. Klub mutassaddilari tomonidan jamoaga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. O'tgan yilgi hisob-kitob ishlari o'z vaqtida bajarildi. Yangi mavsum arafasida ham qarzdorlik yo'q. SHunday ekan, muassislarimiz, muxlislarimiz ishonchini oqlash uchun faqatgina o'ynashimiz, kerakli natijalarni ko'rsatishimiz lozim.

Yangi mavsumdagi vazifa? Birinchi navbatda o'z uyimizdagi barcha o'yinlarda chiroyli, hujumkor o'yinlarimiz bilan muxlislarimizni xursand etish, g'alaba qozonishdir. Safar o'yinlarida ham imkon darajasida ochko jamg'arishga harakat qilamiz. Maksimum vazifa kuchli oltitalikka kirish, minimum natija o'ntalikdan tushib ketmaslik”, - deydi SHavkat Saidov. 


"Metallurg" matbuot xizmati saytimiz uchun maxsus

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика