So’nggi yangiliklar

11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  0 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  1 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  2 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  8 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  15 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2

SHavkat Saidov: "Etiborsizlik oqibatda so'nggi soniyalarda g'alabani boy berib qo'yganligimizdan afsusdamiz" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Etiborsizlik oqibatda so'nggi soniyalarda g'alabani boy berib qo'yganligimizdan afsusdamiz"

Teglar :  SHavkat Saidov
"Qizilkum" - "Metallurg" uchrashuvidan keyin mehmonlar jamoa boshlig'i SHavkat Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi va uchrashuv haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Navoiyda o'tkaziladigan uchrashuvlarda har qanday raqibga oson bo'lmasligini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Kutilganidek, o'yin mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi. Biz xuddi shu holatga tayyorlangandik. Raqibning dastlabki hamlasini bartaraf etganimizdan keyin ilk qarshi hujumdayoq mezbonlar darvozasini ishg'ol etdik. O'yin qoidasi buzilgach Dilmurod Karimov to'pni chiroyli tarzda jarima maydoniga etkazib berdi va hammadan baland sakragan Javohir Esonqulov imkoniyatdan unumli foydalandi. Birinchi bo'limning o'zidaek biz g'alabamizni mustahkamlab olishimiz mumkin edi. hatto bir marta to'p ham kiritdik. Biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi.

Ikkinchi taymda ham gol assistenti Dilmurod Karimov qulay vaziyatda to'pni jamoadoshlariga aniq etkazib bera olmadi va imkoniyat ko'kka sovurildi. Bu bo'limda ham maydon egalari tabiiyki bosimni oshirishdi. Biz esa qarshi hujum taktikasiga tayandik. To'liq himoyaga yotib olganimiz yo'q. Albatta, Navoiyda durang natija ham bizning jamoamiz uchun muvaffaqiyat sanaladi. Biroq biz oddiy etiborsizlik oqibatda so'nggi soniyalarda g'alabani boy berib qo'yganligimiz uchun afsusdamiz. 

Endi chempionatmizda kichik tanaffus. Futbolchilarni 1 iyundan yig'amiz va shug'ullanishni davom ettiramiz. Keyingi uchrashuvimizgacha tarkibimiz ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvini o'tkazishini ham rejalashtiryapmiz" - deydi SHavkat Saidov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика