So’nggi yangiliklar

13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4

SHavkat Nasibullaev: G'uzorliklar bilan do'stona xayrlashdim Yangiliklar

SHavkat Nasibullaev: G'uzorliklar bilan do'stona xayrlashdim

O'tgan mavsum birinchi ligada SHo'rtanuchun o'ynagan SHavkat Nasibullaev kuni-kecha jamoa lagerini tark etdi. SHundan so'ng himoyachi bilan bog'lanib, bu borada fikrlarini bilishga qiziqdik.
- SHavkat aka, SHo'rtanni tark etganingiz haqida malumotlarga egamiz. Buni qanday izohlaysiz?
- Nima deyishim mumkin?! Hammasi oddiy kechdi. Murabbiy xorijdan ikkita legioner himoyachi kelayotganini takidladi va joyni bo'shatib qo'yishimni tushunib etdim.

- O'tgan yili jamoaning yana kuchlilar safiga qaytishida hissa qo'shgandingiz. Bugunda esa jamoa siz bilan xayrlashishni lozim topdi. Voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan bo'lsangiz kerak?
- Albatta. Bu yil ham jamoada qolib, oliy ligada o'ynamoqchi edim. Lekin bazida shunday kutilmagan xodisalar uchrab turadi. Bunga tayyor turish kerak.

- Murabbiyning siz bilan xayrlashish qarorini eshitish, ruhiy xolatingizga tasir o'tkazgandir?
- Bu - futbol! Muxtor aka Qurbonov bilan munosabatimiz haligacha yaxshi. Hech qanday hafagarchilik bo'lmadi va bir-birimizga kelajakda omad tiladik. Qolaversa jamoadagilar bilan ham do'stona ravishda xayrlashildi.

- Siz bilan nima uchun bunday bo'lganini keyinchalik atroflicha o'ylab ko'rdingizmi? Demoqchimanki, bugungi tayyorgarligingizdan shikoyat yo'qmi?
- Nima desa bo'ladi, jamoa 7 dekabr kuni tayyorgarlikni boshlagandi. SHundan buyon barcha mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Imkon qadar o'zimni ko'rsatishga urindim. Bu savolga murabbiylar aniqroq javobni berishi mumkin.

- Garchi o'tgan yili deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsangizda, sizda ortiqcha vazn yuzaga kelganini ko'rish mumkin. Bu nima bilan bog'liq deb hisoblaysiz?
- (Kulib) Bu - menda tug'ma. Mashg'ulotlarda vazn yo'qotish maqsadida astoydil ter to'kdim va bunga qanchadir miqdorda erishdim.

- Endigi rejalar qanday?
- "SHo'rtan" bilan yaqindagina xayrlashganim bois hozircha uydaman. Ochig'ini aytganda, takliflar yo'q. Bilmadim agar keyinroq qaysidir klubdan chorlov bo'lsa, o'ylab ko'rarman.

- O'tgan yili birinchi ligada o'ynadingiz. Nima deb o'ylaysiz, bu yil yana oliy ligada o'ynab keta olasizmi?
-Hammasini vaqt ko'rsatadi. Sizga aytsam, elitada o'ynashga kuchim etadi va buning uchun doimo xarakat qilaman.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика