So’nggi yangiliklar

22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  69 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  2 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   8 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10 15:53Эмилиано Мартинеснинг акаси дарвозабон нима учун "Манчестер Юнайтед"га ўта олмаганини тушунтириб берди  1

SHavkat Mirziyoev Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimizga tabrik yo'lladi! Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimizga tabrik yo'lladi!

SHavkat Mirziyoev Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimizga tabrik yo'lladi!

Aziz farzandlarim!

SHu kunlarda Qatar davlatida futbol bo'yicha yoshlar o'rtasida bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo'la final yo'llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Jonajon O'zbekistonimizning futbol tarixida birinchi marta erishilgan bunday yorqin g'alabani, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha sport muxlislari, ko'pmillatli butun xalqimiz cheksiz quvonch va g'urur bilan kutib oldi. Zero, bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi.

Bu orzuni amalga oshirish aynan sizlarga – Yangi O'zbekistonning navqiron farzandlariga nasib etgani bilan har qancha faxrlansangiz, arziydi.

Albatta, sizlar erishgan bu tarixiy g'alaba zamirida keyingi yillarda mamlakatimizda sport sohasini, jumladan, futbolni rivojlantirishga berilayotgan ulkan etibor va amalga oshirilayotgan keng ko'lamli amaliy ishlar mujassam, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.

SHu bilan birga, sizdek azmu shijoatli yoshlarimizning tajribali murabbiy va mutaxassislar rahbarligida mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rib, har bir o'yinda chinakam mahorat, jasorat va matonat namunasini ko'rsatganingiz albatta yuksak tahsinga munosibdir.

Osiyo qitasidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg'in kurashlar ostida bo'lib o'tgan 5 ta o'yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to'p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko'rilmagan natijadir.

Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.

Butun O'zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g'alabalar tilaydi, aziz bolalarim!

SHavkat Mirziyoev,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика