So’nggi yangiliklar

19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  4 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  10 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1

SHavkat Imomov: “Nesterovning formasi menga omad keltirdi” Yangiliklar

SHavkat Imomov: “Nesterovning formasi menga omad keltirdi”

Hamyurtimiz SHavkat Imomov O'zbekiston - KXDR uchrashuvining eng yaxshi muxlisi deb topilgani haqida xabar bergandik.
Muxlislarning ko'pchiligi ushbu muxlisimiz haqida batafsil malumot berishlarini so'radi. Biz Sidney shahrida “Bunyodkor” klubi muxlislar klubi etakchisi bo'lgan SHavkat Imomovdan intervyu oldik.

- Sizda millionlar o'yini futbolga qiziqish qachondan boshlangan?
- O'zim asli Kelesda tug'ilganman. Yoshligimdan deyarli barcha bolalar kabi futbol maydonida to'p tepib yurganman. Mahallalararo musobaqalarda ishtirok etganmiz, xattoki Qozog'istonga chiqib u erdagi jamoalar bilan o'ynab kelganlarimiz yodimda. Keyinroq “Soliqchi” klubi tashkil etilgandi. Ushbu jamoa bilan birinchi ligada oz bo'lsada faoliyat yuritganman. Asosan himoyada harakat qilardim. Ammo bitta o'yinga bora olmay qolgandim, jamoam esa safarda mag'lub bo'lib qaytgan. Meni aybdor deb topib jamoadan chetlatishgan. SHundan so'ng o'zim Kelesdagi yoshlarni yig'ib jamoa tuzishga qaror qilib bir qator mahalliy yigitlarni to'plaganman.



Bu jamoa Respublika birinchiligida ham ishtirok etgan. Jizzaxda bo'lgan musobaqada biz bilan birga Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati va Jizzax viloyati jamoalari ishtirok etishgan. Biroq ushbu birinchilikda 16 yoshdan o'tgan futbolchilarning qatnashishi mumkin emasligini bilmaganim pand bergan. SHu sababli tashkilotchilar Jizzax jamoasiga qarshi bahsda 7 nafar futbolchimga tushishga ruxsat berishgan. Qizig'i kamchilik bo'lib ham birinchi bo'limda g'alaba qozonganmiz. Ikkinchi bo'limda raqib jamoasi safida professional o'yinchilar ham tushib g'alabani ilib ketishgan. SHu-shu futbolni tashlashga qaror qilganman. Biroq tanishlarim futboldan baribir butkul keta olmasligimni aytishgandi, haqiqatdan ham shunday bo'ldi.

- “Bunyodkor” muxlislar klubiga kirib kelishingiz haqida...
- 2007 yildan “Quruvchi” jamoasining o'yinlariga tushib yurdim. Jamoaning o'yini menga yoqib qolgani tufayli deyarli barcha uchrashuvlariga borardim. Qaysidir bahsda jamoa muxlislari joylashgan sektor yonida o'tirib qolganman. Dilmurod degan boladan sizlarning safingizga qo'shilsam bo'ladimi nima qilishim kerak deb so'raganman. Ijobiy javob olgach ertasiga Abror Imomxo'jaevga barcha kerakli hujjatlarimni taqdim etganman. SHunday qilib, jamoa muxlislar klubi azosiga aylanganman.

2008 yil Jizzaxda o'tgan bahsga muxlislar ham borgan. Yuqorida aytganimdek Jizzaxda alamli mag'lubiyatga uchrganman. O'shanda Mirjalol Qosimov va Server Jeparovga qarata bu erda yirik hisobda yutaylik degandim. Taqdirni qarangi o'sha bahsda “Quruvchi” 5:0 hisobida mag'lub etgandi. Hozirgi kunda “Bunyodkor” muxlislar klubi boshlig'i sifatida faoliyat olib borayapman. Abdurahmon aka Fozilov boshlab ketgan ishni imkon qadar yaxshi saviyada davom ettirishga harakat qilayapmiz.



- Oldingi “Bunyodkor”ning moliyaviy holati va hozirgi “Bunyodkor”ning moliyaviy holati anchagina farq qiladi. Hozirgi vaziyatda muxlislarni to'plash qiyin bo'lmayaptimi?
- Albatta haqiqatdan ham moliyaviy holat o'zgardi. Boshida safarlarga borish uchun qiziqib muxlislar klubiga kelganlar ham bor edi. Lekin hozirda bundaylar yo'q. Ayni paytda barcha muxlislarimiz jamoaga chin dildan muxlislik qiladi. “Bunyodkor” rahbariyati so'nggi yillarda bizga qo'ldan kelgancha yordam berib kelmoqda. Yana ozgina etibor bo'lsa etadi, qolgani bizga kerak emas. Jamoamiz muxlislari qaysidir o'yinchi yoki murabbiyga emas faqat “Bunyodkor”ga muxlislik qilishadi. Har xil odamlar turlicha gap gapirishadi. Lekin shu kungacha boshqa klublardan farqli ravishda jamoa muxlislari "Bunyodkor"dan oylik olmagan. Abdurahmon aka etakchi bo'lgan vaqtda ham shunday bo'lgan, hozir ham shunday. Barchamiz sidqidildan "Bunyodkor"ga muxlislik qilamiz.

Rahbariyat safarlarga borishda, avtobus tashkil etishda yordam berib turar edi. Hozir bu narsalar kamayib ketgan. Biroq ashaddiy muxlislar safarlarga borishni o'zlari tashkil etib viloyatlardagi bahslarga borib kelishmoqda. Biz muxlislar klubdagi muammolarni to'g'ri tushungan holda faoliyat olib boramiz.

- “Bunyodkor” o'z tarixida ilk bor chempionatni kuchli uchlikda yakunlay olmadi. Muxlislar buni qanday kutib oldi?
- Albatta bu bizni ranjitdi. Lekin sheriklarimga doim ham g'alaba qozonadigan jamoa yo'qligini, oyning o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u bo'lishini aytdim. O'tgan yillarda “Bunyodkor” muntazam ravishda chempion bo'lib kelardi. Buyuk g'alabalardan oldin kichik mag'lubiyatlar ham bo'lib turadi. Bu yili nasib qilsa yoshlarimiz o'zlarini nimalarga qodirligini ko'rsatishadi. O'z navbatida imkoniyatdan foydalanib barchaga murojaat qilmoqchiman: faqat o'z jamoaingizga muxlislik qiling. Boshqa jamoalarga esa etibor qilmang, agar sizning jamoaingiz doim g'alaba qozonaversa o'z-o'zidan chempion bo'ladi. Bitta narsani yozib keting iltimos: Biz barchamiz turli klublarga muxlislik qilsak ham O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlarida birlashib bitta oilaga aylanamiz. Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo'lmaymiz ham! 

- Endi Osiyo Kubogiga o'tsak. O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yin haqida nima deya olasiz?
- Avvalo o'yinga ketishdan oldin yurtimiz jamoasi bugun g'alaba qozonishini yaratgandan so'rab duo qilgandim. Jamoamizning o'yini menga yoqdi. Hujumlar juda ko'p tashkil etildi. Agar Ronaldu yoki Messi shunday gol ursa butun dunyo gapirardi. Sergeevning goli juda chiroyli va mukammal chiqdi. Rashidov maydonga tushib qanday harakat qilganini ko'rdingizmi? CHaqqon harakatlari raqibni ancha shoshirib qo'ydi. Faqat ularga maslahatim bunday gaplardan keyin yulduzlik kasaliga duchor bo'lishmasin, ishlashda, mehnat qilishda davom etishsin. SHunda butun dunyo ular haqida gapiradi.



- KXDR bilan bahsda Sizni o'yinning eng yaxshi muxlisi deb topishdi...
- O'yindan oldin Nesterovdan formasini so'ragab, birinchi o'yinda seni formangda muxlislik qilaman degandim. KXDR bilan bahsda aynan Ignatiy Nesterovning formasi meni yulduz qilib yubordi, omad keltirdi. Taqdirni qarangki darvozabonimiz o'zi so'nggi soniyalarda bizni muqarrar goldan qutqardi va eng yaxshilardan biri bo'ldi. Meni esa uchrashuvning eng yaxshi muxlisi deb topishdi. Ochig'ini aytganda xattoki nima bo'layotganini ham tushuna olmadim. Tanaffus vaqtida tashkilotchilardan biri kelib nimalardir dedi va musobaqaning rasmiy to'pini sovg'a qildi. Keyin bilsam eng yaxshi bo'libman. Futbol jamoaviy o'yin, muxlislik ham jamoviy deyish mumkin. Sababi agar men stadionda bir o'zim bo'lganimda hech kim meni eng yaxshisi deb topmas edi. SHu bois bu yutuq faqat meniki emas butun muxlislarniki.

O'z navbatida O'zbekistonning o'zida turib jamoamizni qo'llab quvvatlayotganlarga rahmat aytmoqchiman. Nasib qilsa bu oxirgi g'alabamiz bo'lmaydi. Yurtimizdagi muxlislarning ham daldalari futbolchilarimizga etib kelayotganiga shubha yo'q.

Qatardagi Osiyo Kubogida Avstraliya bizni 6:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng ularning muxlislari bizga qarab qo'shiq aytishgandi...O'shanda juda ham alam qilgandi, ich-ichimdan o'tib ketgandi. Avstraliyaga kelishdan oldin bitta niyat qilganman: Terma jamoamiz finalga chiqib u erda Avstraliyani mag'lub etish. SHundagina Qatardagi alamni unutaman. Nasib qilsa niyatimga etaman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Brisben shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика