SHavkat Abduxo'jaev: "Qo'qon-1912" bilan o'yin teng kurashlar ostida o'tdi"
05 mar 2016 19:01
Yangiliklar
SHavkat Abduxo'jaev: "Qo'qon-1912" bilan o'yin teng kurashlar ostida o'tdi"
"Qo'qon-1912" - "Obod" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi SHavkat Abduxo'jaev qatnashdi.
"Maydon maysasi yaxshi o'smagani tufayli yaxshi o'ynay olmadik. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Raqibda ham, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. "Qo'qon-1912" posboni ikki uch bor o'zini ko'rsatib goldan qutqarib qoldi", - deydi SHavkat Abduxo'jaev.
"Har bir jamoa o'z imkoniyatidan kelib chiqib o'yinchilar oldik. Biz o'ynashga chanqoq yigitlarni jamoaga jalb qildik. Mavsum davomida har bir o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rib harakat qilamiz".
"Hisob ochilmaguniga qadar hujumga kam o'tdik. Sababi jamoamiz oliy ligada debyut qildi. Ammo gol o'tkazgach hujumga o'tdik", - deydi SHavkat Abduxo'jaev.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar