So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  4 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  67 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

SHartnomani uzaytirishi, Superliga saviyasi va boshqa takliflarni ko'rib chiqmagani borasida Kerim Palich bilan suhbat Yangiliklar

SHartnomani uzaytirishi, Superliga saviyasi va boshqa takliflarni ko'rib chiqmagani borasida Kerim Palich bilan suhbat

2022 yilgi mavsumda "Metallurg" safida yagona legioner Kerim Palich to'p tepdi.

Futbolchi ikkinchi davra oldidan bekobodliklar safiga kelib qo'shildi. Xo'sh, Palich keyingi mavsum qaysi jamoada to'p tepadi? Buni bilish istagida futbolchi bilan bog'landik. 

- "Metallurg"da o'tkazgan mavsumingizdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Ha, albatta. “Metallurg”dagi faoliyatim professional xodimlar va jamoadoshlarim yordamida alo darajada o'tdi. Men futbolchi sifatida oldinga qadam tashladim. Bir so'z bilan aytganda “Metallurg”ga o'tishim to'g'ri qaror qildim deb o'ylayman. 

- Qisqa vaqt ichida Superliga darajasi borasida qanday taassurotlarga ega bo'ldingiz?

- Superliganing o'ziga maqtov so'zlarim bor. Mening fikrimcha, chempionat ancha yaxshi darajada. Unda sifatli jamoalar va futbolchilar bor. Yaxshi infratuzilmaga ega bo'lgan jamoalar ko'pchilikni tashkil etadi. Bu esa saviyani yanada oshiradi. 



- Olgan malumotlarimizga qaraganda, jamoa bilan shartnoma uzaytiribsiz...

- Ha, shunday. Men "Metallurg" bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdim. Yana shu klub libosida to'p tepishimdan xursandman. 

- O'zbekistonda qolib, o'ynashdan mamnunmisiz?

- Bo'lmasam-chi! O'zbekiston menga har tomonlama yoqdi. Odamlari, turmush tarziga ko'nikib qolganman. Bu katta tarixga ega katta va go'zal mamlakat hisoblanadi. Bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman. SHu sabab O'zbekistonda qolishimdan xursandman. 

- Bu orada sizga takliflar bo'ldimi?

- Takliflar ko'p bo'ldi. Aytaylik, O'zbekiston chempionatidan ham, boshqa davlatlardan ham takliflar bo'ldi. Lekin men “Metallurg”da qolishni maqul ko'rdim. Bekobodliklar O'zbekistondagi birinchi klubim ekanligini va menga Superligada o'zimni ko'rsatish imkoniyatini bergani sabab, boshqa taklifni rozilik bildirib keta olmasdim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика