SHarqiy Osiyo Kubogi. KXDR Yaponiyani mag'lub etdi
02 avg 2015 17:33
Yangiliklar


SHarqiy Osiyo Kubogi. KXDR Yaponiyani mag'lub etdi
Unda KXDR, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari ishtirok etishmoqda.
Ilk uchrashuvda KXDR terma jamoasi faqat mahalliy futbolchilardan iborat bo'lgan Yaponiya terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishga erishdi. KIm CHang Bok boshchiligidagi KXDR o'yinning kattagina qismida hisobda ortda borishdi, biroq 78 va 88-daqiqa urilgan gollar evaziga irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.
SHarqiy Osiyo Kubogi. 1-tur
KXDR - Yaponiya 2:1
Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)
Gollar: Ri Xyok CHol 78, Pak Xyon Il 88 - Y.Muto 3.
KXDR: Ri Myong Guk, Kang Kuk CHol, Jang Kuk CHol Ro Xak Su, Sim Xyon Jin, Xong Kum Song (So Kyong Jin, 83), Ri CHol Myong, Ri Yong CHol, So Xyon Uk (Pak Xyon Il, 66), Jong Il Gvan, Ri Xyok CHol (Kim Yong Gvang, 90)
Bosh murabbiy: Kim CHang Bok.
Yaponiya: Nishikava, Makino, Morishige, Vataru Endo, Fujixaru, Yamaguchi, Taniguchi, Kavamata (Koroki, 72), Usami (SHibasaki, 56), Nagai (Asano, 84), Muto.
Bosh murabbiy: Vohid Xalilxojich.
Eslatib o'tamiz, KXDR terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan. Ayni paytda ikkita turdan so'ng KXDR 6 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar