SHarqiy Osiyo Kubogi. KXDR Janubiy Koreya bilan durang o'ynadi
09 avg 2015 16:51
Yangiliklar


SHarqiy Osiyo Kubogi. KXDR Janubiy Koreya bilan durang o'ynadi
Unda KXDR, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari ishtirok etishayotganidan xabaringiz bor.
KXDR terma jamoasi 3-turda Janubiy Koreya bilan durang o'ynadi - 0:0. JCH-2018 saralashidagi guruhdoshimiz dastlabki turda Yaponiyani 2:1 hisobida taslim qilgan, keyin Xitoyga yutqazib qo'ygandi - 0:2. Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari bu musobaqada faqat mahalliy klublarda o'ynayotgan futbolchilar xizmatidan foydalanishdi.
SHarqiy Osiyo Kubogi. 3-tur
KXDR - Janubiy Koreya 0:0
KXDR: Ri Myong Guk, Kang Kuk CHol, Jang Kuk CHol, Ro Xak Su (Pak Xyon Il, 65), Sim Xyon Jin, Xong Kum Song (So Xyon Uk, 39), Ri CHol Myong, Ri Yong CHol, So Kyong Jin, Jong Il Gvan, Ri Xyok CHol
Bosh murabbiy: Kim CHang Bok.
Eslatib o'tamiz, KXDR terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan. Ayni paytda ikkita turdan so'ng KXDR 6 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar