So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  0 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

SHarof Muhitdinov: "Ertaga bizni faqat g'alaba qoniqtiradi" Yangiliklar

SHarof Muhitdinov: "Ertaga bizni faqat g'alaba qoniqtiradi"

Saytimiz vakillari Singapurga parvoz chog'ida "Nasaf" va O'zbekiston terma jamoasining iqtidorli himoyachisi SHarof Muhitdinov bilan kichik intervyu tashkil qilishdi.

- Singapurga qarshi kechadigan bahsdan nimalar kutyapsiz?

- Singapur bilan uchrashuv oson bo'lmasligi aniq. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Bor kuchimizni 3 ochko olishga sarflaymiz.

- Toshkentdagi mashg'ulotlar davomida raqib o'rganildimi?

- Albatta, raqibni jiddiy tahlil qildik. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida tushunchaga ega bo'ldik. Bu ertangi bahsda bizga yordam berishiga ishonaman.

- Ertaga O'zbekiston terma jamoasi safida debyut qilishingizga ishonasizmi?

- Hamma narsa bo'lishi mumkin. Agar terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov meni asosiy tarkibda maydonga tushiradigan bo'lsa, bundan xursand bo'laman va tayyorman deb o'ylayman.

- MTJda sizning raqobatchingiz Farruh Sayfiev...

- Raqobat o'sishga, rivojlanishga undaydi. Bu terma jamoa foydasiga xizmat qiladi. Farruh Sayfiev kuchli futbolchi ekanligi meni yaxshiroq harakat qilishga majburlaydi.

- Ertaga Singapurda MTJni qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab o'zbekistonlik muxlislar stadionda bo'lishini eshitdik...

- Bundan juda xursandman va ularga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga butun o'zbek xalqi bizdan g'alabani kutadi. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

- Vadim Abramov va Ro'ziqul Berdiev o'rtasidagi farq haqida nima deya olasiz?

- Har bir murabbiy o'ziga xos. Bu murabbiylarda taktika, o'yin uslubi jihatdan farq bor. Ularning feli haqida gapiradigan bo'lsam, bu mutaxassislardan biri mehribon yoki qattiqqo'l deya olmayman. Abramov ham Berdiev ham kerak paytda futbolchilar bilan qanday munosabatda bo'lishni yaxshi biladi.

- Vadim Abramov ayni damda singdirayotgan taktika haqida gapirib bersangiz.

- Himoyachi sifatida gapiradigan bo'lsam, Abramovning g'oyasi quyidagicha: To'p qaerda yo'qotilgan bo'lsa, pressing orqali o'sha erda uni raqibdan olib qo'yish kerak bo'ladi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика