"SHarja" bosh murabbiyi: "Biz "Nasaf"ga qarshi bahsning 60-daqiqasigacha ustunlik qildik"
24 okt 2023 12:15
Yangiliklar
"SHarja" bosh murabbiyi: "Biz "Nasaf"ga qarshi bahsning 60-daqiqasigacha ustunlik qildik"
OCHL 3-turidan o'rin olgan "SHarja" – "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Kosmin Olario fikrlarini bildirdi.
"Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda qiynaldik, qizil kartochka olganimizdan keyin vaziyat yanada og'irlashdi. O'yin davomida bir necha muhim futbolchilarimiz jarohat olishdi. Ammo darvozabonimizning ishonchli o'yini va penaltini qaytargani evaziga 3 ochkoga ega bo'ldik.
Uchrashuv ikki qismdan iborat bo'ldi. Biz 60-daqiqagacha o'yinni nazorat qildik, ammo jarohat olganlarni almashtirganimizdan keyin vaziyat o'zgardi.
3 ochko uchun borini bergan shogirdlarim bilan faxrlanaman", – dedi Kosmin Olario OFK rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar