So’nggi yangiliklar

07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  32 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  108 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4

"SHarja", "Axal", "Sepaxon" va "Nassaji Mazandaran". Qaysi jamoa qimmatroq? Yangiliklar

"SHarja", "Axal", "Sepaxon" va "Nassaji Mazandaran". Qaysi jamoa qimmatroq?

OCHL guruh bosqichi uchrashuvlari ham ayni qizg'in pallasiga kirib boryapti.

Ertadan jamoalarimiz uchinchi tur uchrashuvlarini boshlaydi. Raqiblar darajasi turlicha. Tabiiyki, tarkibda ham tafovutlar katta. Quyida "SHarja", "Sepaxon", "Axal", "Nassaji Mazandaran" tarkiblariga nazar tashlaymiz. 

"Sepaxon"

O'zbek jamoalari uchun begona hisoblanmagan "Sepaxon" tarkibda mahalliy futbolchilarga etibor qaratgan. Jamoada faqatgina ikki nafar legioner to'p tepadi. Ular Nilson Junior (Braziliya), Brayan Dabo (Franciya). Milliy terma jamoa futbolchilari 11 nafarni tashkil qiladi. Jamoaning o'rtacha yoshi 27. Transfermarket portali isfahonliklarning tarkibini 11,43 million evroga baholagan. 

Eng qimmat futbolchilar uchligi:

Omid Nurafkan - 1,2 million evro

Rizo Asadi - 1,2 million evro

SHahriyor Mogxanlo - 1 million evro 

Legionerlar: 

Nilson Junior 250 ming evro

Brayan Dabo 600 ming evro

"SHarja"

"Nasaf"ning ertangi raqibi BAA Pro ligasining eng qimmat klubi hisoblanadi. "SHarja" tarkibi 36,57 million evroga baholangan. Tarkibda 9 nafar legioner to'p tepadi. Jamoaning o'rtacha yoshi 27,3. "Barselona", "Yuventus" sobiq futbolchisi Miralem Pyanich eng qimmat futbolchilar ro'yxatini boshqarmoqda. 

Eng qimmat futbolchilar uchligi:

Miralem Pyanich (Bosniya va Gercogovina) -  5 million evro

Lukas Kayo (Braziliya) - 5 million evro

Luan Perreyra (Braziliya) - 4,5 million evro 

Qolgan legionerlar: 

Firas Ben Larbi (Tunis) - 4 million evro 

Musa Marega (Mali) -  3,5 million evro

Usman Kamara (Gvineya) - 2,5 million evro

Kostantinos Manolas (Greciya) - 2,5 million evro

Maro Katinich (Xorvatiya) - 500 ming evro

Makete Diop (Senegal) - 50 ming evro

"Axal"

Qo'shnilarimiz kamtarona tarkibga ega bo'lsada OCHLda kutilmagan natijalar qayd etayotgani bilan etibor tortmoqda. Nazar tashlaydigan bo'lsak, "Axal" tarkibida faqat bir nafar legioner borligini ko'rishimiz mumkin. Jamoaning eng qimmat futbolchisi 2000 yilda tug'ilgan Meylis Diniev. Keyingi o'rinda "Andijon" va "Navbahor" jamoalarida to'p tepgan Elman Tagaev joy olgan. Jamoaning o'rtacha yoshi 27,5

Eng qimmat futbolchilar uchligi: 

Meylis Diniev - 75 ming evro

Elman Tagaev - 75 ming evro

Dayanch Meredov - 50 ming evro 

Legionerlar:

Didier Bassamagne (Senegal) - 

"Nassaji Mazandaran"

"Navbahor"ning raqibida nomdor legioner va terma jamoa futbolchilari yo'q. Tarkibdan faqat ikki nafar legioner joy olgan. Bular ispaniyalik Nano va iroqlik Alaa Abbos. Bugungi kunda tarkibning umumiy narxi 5,96 million evroga baholangan. 

Eng qimmat futbolchilar uchligi:

Nono (Ispaniya) - 750 ming evro

Muhammadrizo Azadi - 450 ming evro

Ismoil Babaei - 375 ming evro


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика