"SHapekoense" aviahalokatida 6 kishini qutqargan insonga yangi uy qurib berishdi
13 fev 2017 16:21
Yangiliklar
"SHapekoense" aviahalokatida 6 kishini qutqargan insonga yangi uy qurib berishdi
30 noyabr kuni Braziliyaning "SHapekoense" klubi Kolumbiyaning Medelin shahrida aviahalokatga uchragan edi.
Ushbu mudhish voqea tufayli 75 kishi vafot etdi. Ammo voqea sodir bo'lgan kuni aviahalokat yuz bergan joy yaqinida kulbasi bor bo'lgan Yoxan Ramires 6 kishining hayotini saqlab qoldi.
Mahalliy hukumat va ko'ngillilar "Farishta yigit" nomini olgan Ramiresning uyini yangilab berishdi.
Yoxan endi kulbada emas, balki shinamgina uyda yashaydi.
Fikrlar