So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  3 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  5 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  173 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Xitoy. Odil Ahmedov super gol urgan va golli pas bergan bahsda "SHanxay SIPG" yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

Xitoy. Odil Ahmedov super gol urgan va golli pas bergan bahsda "SHanxay SIPG" yirik g'alabaga erishdi

Tez orada Xitoy Superligasi 8-tur doirasidagi "SHanxay SIPG" - "Tyanczin Teda" o'yini boshlanadi.

Shanghai Port

Odil Akhmedov - 29', Hulk - 45', Marko Arnautovic - 72', Oscar - 82'

Super League Grp. B . 8-tur

31/08/2020, 18:00

1
:
4
Tugadi

Tianjin Jinmen Tiger

Honglue Zhao - 90'

Stadion: Suzhou Sports Center, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Long Zhang

45'
90'
29'  Odil Akhmedov
29'  Oscar
45'  Hulk
62'  Odil Akhmedov (Chuangyi Lin)
62'  Rui Yu (Guan He)
62'  Hulk (Ricardo Lopes)
72'  Marko Arnautovic
72'  Oscar
73'  Wenjun Lyu (Binbin Chen)
82'  Oscar
83'  Marko Arnautovic (Boyan Jia)
86'  Oscar
15'  Johnathan (Zhi Xiao)
39'  Yang Liu
41'  Ruofan Liu (Weijun Xie)
45'  Frank Acheampong
46'  Yuefeng Bai (Wangsong Tan)
75'  Yingjie Zhao (Shiwei Che)
75'  Hao Rong (Jiakang Hui)
90'  Honglue Zhao


O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. U 29-daqiqada ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. Ikkinchi golga esa assistentlik qildi.


O'YIN YAKUNLANDI!

90+3. Gol, 4:1. Mehmonlar nihoyat "SHanxay SIPG" darvozasini ishg'ol qilishdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

82. GOOOL! Oskar o'ngga tepdi, darvozabon chapga otildi. 4:0!

80. PENALTI! Oskar, Lopes va Arnautovichning kombinacion hujumidan so'ng to'p Bastiansning qo'liga tegdi. To'p qarshisida Oskar.

72. GOOOL! Arnautovich hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. 

70. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Lopes yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi. U to'pga o'zi istaganidek zarba berishni uddasidan chiqmadi.

64. GOL! Mehmonlar hisobni qisqartirishdi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd bayrog'ini ko'tardi.

62. O'zgarish: Xalk o'rniga Rikardo Lopes maydonga tushdi. Odil Ahmedov ham maydonni tark etdi. Uning o'rnini Lin CHuani egalladi.

59. Ikkinchi bo'lim boshlanganidan beri mehmonlar ancha faol bo'lib qolishgan. Ular "SHanxay SIPG" jarima maydonchasi atrofida to'pni bir-birlariga uzatib, raqib himoya chizig'ining tirqishini izlashmoqda.

55. "SHanxay SIPG" jarima maydonchasi ichida mehmon jamoa futbolchisi yotibdi. Vaziyatga VAR aralashmoqda. Qoida buzilgan bo'lsa penalti qo'yilishi mumkin.

53. Zarbaaa! Birinchi bo'limda penaltidan gol ura olmagan Achempong yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo "SHanxay SIPG" posboni ishonchli harakat qilib, to'pni qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+5. Achempong penaltini Brunu Fernandesh uslubida tepishga harakat qildi, ammo posbon to'pni osonlik bilan egallab oldi.

45+3. Bosh hakam "SHanxay SIPG" darvozasi tomon penalti belgiladi.

45. GOL! Bu safar Xalk raqib darvozasini ishg'ol qildi. Pasni Odil Ahmedov berdi. Ammo yon hakam bayroqchasini ko'tardi. VARga murojaat qilinmoqda. Gol hisobga olinishi kerak, chunki takroriy vaziyatda hammasi qoida bo'yicha ekanligi ko'rindi. HAKAM GOLNI HISOBGA OLDI!

39. Arnautovich raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqdi va qiyinchiliksiz gol urdi. Biroq yon hakam vaziyat tugashini kutdi va shundan so'ng ofsayd bayroqchasini ko'tardi. Hamma VARni kutmoqda. GOL HISOBGA OLINMADI, OFSAYD!

29. SUPER-MUPER GOOOL! ODIL AHMEDOV BURCHAKDAN UZATILGAN TO'PNI TO'XTATMAY OYOG'I BILAN DARVOZAG'A YO'LLADI VA UNI ISHG'OL QILDI! GOLni BU ERDA TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN: TELEGRAM

24. Mehmon jamoa hujumchisi ikki himoyachining oyoqlari orasidan to'pni olib o'tib, katta tezlikda darvoza tomon intildi, biroq "SHanxay SIPG" futbolchisi unga etib oldi va hujumni to'xtatdi.

19. ZARBAAA... ODIL AHMEDOOOV! Ahmedov Xalkning uzatmasidan so'ng darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

17. Mezbonlar gol uravaermagach mehmonlar buni uddalashga harakat qilib ko'rishdi. Ammo berilgan 2ta zarba himoyachilar tomonidan bloklandi.

14. "Tyanczin Teda" hujumchisi Jonatan jarohat oldi. U o'zgarish so'rayapti.

10. "SHanay SIPG" gol urishga juda yaqin kelmoqda, ammo darvozani ishg'ol etadigan aniq zarba berilmayapti.

8. Marko yana bir vaziyatdan foydalan olmadi. Doimgidek! 

6. Zarbaaa! Arnautovich yaqin masofadan darvozani nishonga ola bilmadi. To'p darvoza oldidan o'tib ketdi.

3. Odil Ahmedov raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan darvozaga zarba berdi. Biroz noaniq.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov asosiy tarkibda. O'yin saytimiz tomonidan matnli translyaciya qilinadi.

"SHanxay SIPG": Yan Czyunlin - Fu Xuan, Yuy Juy, Vey CHjen, Van SHenchao - Arnautovich, Oskar, Lyuy Venczyun, Ahmedov, Yan SHiyuan - Xalk.

Zaxira: Xe Guan, Ley Vencze, Yuy Xay, CHjan Vey, SHi Ke, CHen Binbin, Rikardo Lopes, Cay Xueykan, Lin CHuani, Czya Boyan, CHen Vey, Li SHenlun.

"Tyanczin Teda": Ten SHankun - CHjao Xunlyue, Bay Yuefen, CHjen Kaymu, Jun Xao - Lyu Yan, Lyu Jofan, Bastians, CHjao Incze, Achimpong - Djonatan.

Zaxira: CHe SHivey, Xuey Czyakan, Cyu Tyani, Go Xao, Su Yuancze, Haoran, Syao CHji, Sun Yue, Se Veyczyun, Tan Vansun, Pyao Taoyuy, Cyan Yuymyao.


XITOY SUPERLIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика