"SHanxay SIPG" futbolchisi: "Arnautovich Elkesonga qaraganda kuchliroq"
19 avg 2019 16:07
Yangiliklar


"SHanxay SIPG" futbolchisi: "Arnautovich Elkesonga qaraganda kuchliroq"
Malumki, yozgi transfer oynasida "SHanxay SIPG" o'z safiga avstriyalik hujumchi Marko Arnautovichni qo'shib oldi. Bu futbolchi Angliyaning "Vest Xem" klubidan keldi. Arnautovich kelgach, jamoa hujumchisi Elkeson yana "Guangju Evergrand"ga qaytib ketdi.
- "Agar bu ikki hujumchini o'zaro solishtiradigan bo'lsak, Arnautovich ancha kuchli, - deydi YU Xay. - CHunki u APLdan keldi va u erda kuchli futbolchilar o'ynaydi. Arnautovich "Vest Xem"da yulduz edi. U xuddi jamoaning golurar mashinasiga o'xshardi. Arnautovichda yirik gavda bor, bu esa yakkakurashlarda deyarli yutqazmasligini bildiradi. Qolaversa uning tezligi ham joyida. Albatta, Elkeson ham yaxshi hujumchi, u OCHLda bizga ko'p yordam berdi, biroq endilikda Arnautovich haqida ko'proq gapirishga to'g'ri keladi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar