"SHanxay SIPG" bitta o'yinda yutsa OCHL guruh bosqichiga chiqadi
01 jan 2017 10:48
Yangiliklar
"SHanxay SIPG" bitta o'yinda yutsa OCHL guruh bosqichiga chiqadi
Odil Ahmedov Xitoyning "SHanxay SIPG" klubiga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor.
Ushbu klub o'tgan mavsum Xitoy Superligasida 3-o'rinni egallagandi. SHu bois "SHanxay SIPG" 2017 yilgi OCHL pley-off bosqichida ishtirok etadi.
Klub 7 fevral kuni o'z maydonida bo'ladigan o'yinda g'olib chiqsa guruh bosqichiga yo'l oladi. 31 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Sukxotai" (Tailand) - "Yadanarbon" (Myanmar) o'rtasidagi o'yin g'olibi "SHanxay SIPG" bilan o'ynaydi.
Agar "SHanxay" pley-offda g'olib bo'lsa "F" guruhidan joy oladi. Ushbu guruhda Janubiy Koreyaning "Seul", Avstraliyaning "Vestern Sidney Uonderers" klublari o'rin olgan. Yana bir jamoa Yaponiya J-ligasida ikkinchi o'rinni olgan klub bo'ladi.

OCHL-2017. Qura tashlandi yoxud "Lokomotiv" "A" guruhidan joy oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar