"SHandun Lunen" licenziyalash talabini bajarmagani uchun OCHLdan chiqarildi
08 fev 2021 16:18
Yangiliklar
"SHandun Lunen" licenziyalash talabini bajarmagani uchun OCHLdan chiqarildi
Ushbu Xitoy klubi Osiyo CHempionlar Ligasining yangi mavsumida ishtirok etmaydi.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK)ning mustaqil nazorat organi klublarni licenziyalash to'g'risidagi nizomning 7.3.4 va 7.3.5 moddalariga binoan "SHandun Lunen"ning OCHL-2021da ishtirok etish borasidagi licenziyasini qaytarib oldi.
Klub OCHL licenziyalash qoidalarining majburiy F.04 mezonidagi kreditorlik qarzlarini qondirmagan va shunga ko'ra klubga licenziya berilmaslik kerakligi aniqlandi.
"SHandun Lunen" OFK CHempionlar Ligasi-2021da ishtirok etish huquqiga ega emas deb elon qilindi va mavjud o'rin qo'llanmaga muvofiq taqsimlanadi.
Fikrlar