So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

SHamil Yarulin: “Futbolchilarning yoshini kichraytirish kabi illatlarni takrorlashga yo'l qo'ymaslik zarur” Yangiliklar

SHamil Yarulin: “Futbolchilarning yoshini kichraytirish kabi illatlarni takrorlashga yo'l qo'ymaslik zarur”

Teglar :  SHamil YarulinNasaf
O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan katta ko'lamdagi islohotlar keng omma orasida muhokama bo'layotganligi, har kim o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashayotganligi quvonarli.

O'FF va O'zPFL tomonidan ishlab chiqilgan yangi, zamonaviy talablarni bajarishga masul bo'lganlar esa allaqachon amaliy ishga kirishganligi, qisqa fursat ichida sezilarli o'zgarishlarni yuzaga keltirganliklari ham ayni haqiqat. Yangi talablar, ularni hayotga tadbiq qilish, qolaversa, bugungi dolzarb masalalar bo'yicha “Nasaf” professional futbol klubi bosh menejeri SHamil Yarulin quyidagilarni bildirdi.  

 - Mamlakatimizda tub islohotlar amalga oshirilyapti. Bu jabhada boshqa sohalar kabi futbolimiz ham chetda qolmadi. Ayniqsa, tashkilotimizda yangi rahbarlar ish boshlagach, chinakam yangiliklarga qo'l urildi. 25 yildan ortiq davrdan buyon o'tkazilayotgan milliy chempionatimizda turli yillarda turli o'zgarishlar bo'lgan, ammo bu qadar tub burilish kuzatilmagandi. Musobaqa tizimidagi jiddiy o'zgarishlar, klublar zimmasiga yuklatilgan qatiy talablar boshqa sohalar kabi futbolda ham masul bo'lgan barcha rahbarlarga, ishchi-xodimlarga, murabbiylarga, hatto futbolchilarga ham zamon bilan hamohang ishlashga, islohotlarga dahldor hissi bilan yashashga undayotganligi rost.

 Mubolag'a emas, keng futbol ommasi, jumladan, biz mutaxassislar ham  keyingi yillarda futbolimizda o'zgarishlar bo'lishini, yuksak natijalarga erishish uchun nimadandir voz kechish va nimagadir asos solish haqida ko'p gapirayotgan, hatto talab qilayotgan ham edik. Mana, o'zgarishlar ham boshlandi. Oldimizga jiddiy talablar qo'yilyapti. Bu talablarni bajarmas ekanmiz hech qanday yutuqlarga erisha olmasligimiz aniq. Futbolimizning yangi rahbariyati har bir klubga chinakam professional bo'lishni talab qilyapti. Nihoyat, klub birgina jamoadan iborat bo'lmasligi, aks holda davomli muvaffaqiyatlarga erisha olmasligimizni tan olayapmiz. SHu paytgacha yangilikka qo'l urmadikmi, yangi rahbariyat bizdan yangicha ishlashni talab qilyaptimi,  demak bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishimiz, samaradorlikka intilishimiz zarur. SHundagina ko'zlangan marraga erishishimiz mumkin.

 - Klubda talablar bandlarini bajarish u qadar muammolar tug'dirmayotgan bo'lsa kerak, chunki “Nasaf” zamonaviy sharoitlar bo'yicha mamlakatimizdagi etakchi klublarning oldi jamoalaridan sanaladi.

 - Takidingiz to'g'ri. Haqiqatdan ham  “Nasaf” ancha yillardan beri professional tarzda faoliyat yuritib kelyapti, Reglament talablarining aksariyati bo'yicha sharoitlar yaratilgan. SHuning uchun bu talablarni bajarish biz uchun katta qiyinchilik tug'dirmayapti.

 - SHunday bo'lsa ham talablardan kelib chiqib, bajarilgan va bajarilayotgan vazifalarga misollar keltirsangiz.


 - Aytaylik, klubimiz qoshidagi futbol maktabimiz. Hozirgi kunda mazkur maskanimiz  tarbiyalanuvchilarining ko'pchiligi asosiy tarkib o'yinchilariga aylanishgan. Bunday kelajagi bor yoshlar yana ko'plab topiladi. Futbol maktabimizni yanada rivojlantirish uchun rejalarimiz bor. Masalan, bu yildan intiluvchan, o'z bilimini oshirishga harakat qilayotgan murabbiylarimizni klub hisobidan rivojlangan xorij klublariga tajriba oshirishga yubormoqchimiz. Maqsad, malakali murabbiy qo'l ostida shug'ullangan istedodlarni kelgusida boshqa klublarga, asosan xorijga yuborish orqali klubimizga qo'shimcha mablag' ham topish. O'zingizga malum, futbol maktabi yohud akademiyasiga ega bo'lmagan klublarda asosiy mablag' o'yinchi xarid qilishga sarflanmoqda. Demak, O'FFning talablaridan biri – Futbol Akademiyalari tashkil etishdan ko'zlangan maqsadlardan biri ham shu, juda to'g'ri talab. Faqat bunyod etiladigan Akademiyalar to'g'ri yo'ldan borishlari, shu paytgacha futbol maktablarida qilinib kelingan qing'irliklarni, yani yosh futbolchilarning yoshini kamaytirish kabi illatlarni takrorlashga  yo'l qo'ymasliklari zarur. Yaqinda bir necha nafar futbolchilar, O'FF prezidenti qaroriga ko'ra, yoshini kichraytirgani uchun futboldan chetlatildi. Bu kimlargadir fojea bo'ldi. Lekin qachondir fosh etilishi kerak edi. CHunki, bunday futbolchidan na o'ziga, na klubga foydasi bor. Bundaylar kelajagi bor yosh futbolchilarning o'rnini egallab, ularning yo'lini to'sib qo'yayotgan edi. Bu ham to'g'ri qaror bo'ldi.

 Klubimiz qoshidagi “Sevinch” ayollar jamoasining faoliyati, erishgan yutuqlari va ular uchun yaratilgan sharoitlar borasida alohida to'xtalmasam ham bo'ladi. Jamoani bir qator etakchi futbolchi qizlar tark etishgan bo'lsa-da, chempionlik maqsadi baribir saqlanib qolgan. Birinchi marta o'tgan yili kumush medal bilan kifoyalandi, bu yil yana bosh sovrin uchun kurashadi. “Sevinch” ayni paytda chetdan futbolchi taklif etishga muxtoj emas, sababi, bir nechta guruhlarda istedodli o'smir qizlar tarbiyalanmoqda.

 Futzal borasida ham jamoa tuzish arafasida turibmiz. Barcha jamoalarimiz kabi futzalchilarimizning ham faqat yuqori o'rinlar uchun kurashishini maqsad qilgan holda tajribali murabbiy va mahoratli futzalchilarni chorlayapmiz. Jamoa shug'ullanishi uchun sharoitlar etarli, sport manejlari, trenajer xonalari, yotoqxona – bulardan muammo bo'lmaydi.


 Afsuski, nafaqat qarshilik, balki mamlakatimizning barcha hududlaridagi futbol ishqibozlarimiz keyingi paytlarda futbolimizdan bezishgani rost, bunga talaygina sabablar bo'ldi. Ular ko'proq Evropa futbolini tomosha qilganliklari uchun, bizda ham shunday futbol bo'lishini xohlashadi. Bu to'g'ri talab. Klublarni qanchalik rivojlantirmaylik, terma jamoa azolariga qay darajada sharoitlar yaratib bermaylik baribir muxlis kutgan o'yinlar bo'lmayapti. Qachonki futbolchilarimiz har tomonlama o'zlarini ko'rsatsalar, natija qila olishsagina futbolimiz o'sadi, muxlislar ham taskin topadi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni bo'lgani kabi, futbolimiz rivojiga muxlislarning ham ulushi-yu, tasiri bor. Klubimiz qoshidagi Muxlislar klubi avvaldan faoliyat yuritib keladi. Sanjar Sayfiev rahbarligidagi Muxlislar klubining bir guruh azolariga maxsus xona ajratilgan, stadionda futbolchilarni qo'llab-quvvatlash uchun maxsus cholg'u asboblari, bir xil rangdagi sport kiyimlari, xullas professional klubga mos muxlislar faoliyati mavjud. Ularga yanada kengroq sharoitlar yaratish, dunyoga mashhur klublarning Muxlislar klublari bilan aloqalar o'rnatish, ularning ish tizimidan o'rnak olish kabi vazifalarni rejalashtirganmiz.  

 Qolaversa, “Nasaf” klubi o'tgan yili bosh homiymiz “SHo'rtangazkimyo” majmuasi ko'magida teleuskunalar xarid qildi. O'tgan yildan boshlab o'yinlarimiz televidenie orqali namoyish qilina boshlandi. Jahon futbolida aksariyat klublar aynan bu orqali ham qo'shimcha mablag' ishlab topishadi. O'ylaymanki, biz ham buni tajribamizga kiritamiz.

 - Futbolchilarga qo'yilgan talablar borasidagi fikrlaringiz qanday?


 - Bizning asosiy vazifamiz zamonaviy futbol o'ynash uchun futbolchi va murabbiylarga kerakli sharoitlarni yaratish. Bu futbolga oid infratuzilmalar va ish haqi. Aytish mumkinki, futbolimizni rivojlantirish uchun ko'p ishlar qilindi, sharoitlar yaratildi. Aksariyat joylarda futbol infratuzilmasi chinakam zamon talablari darajasiga keltirildi. Futbolchiga to'lanadigan maosh va mukofot pullari oshirildi. Ammo bu bilan futbolga bo'lgan munosabatimizni tubdan o'zgartirdik, deya olamizmi? O'sha muxlislar yaxshi ko'rgan Evropacha futbolni o'ynay olayapmizmi? O'z ustimizda ishlayapmizmi? Afsuski yo'q. Bu borada ham futbolimiz rahbariyati tashabbuskor bo'layapti, bizni ishlashga undayapti. Men futbolchilarga nisbatan normativlar topshirilishi joriy etilganini nazarda tutayapman. Xo'sh, bir necha raqamdan iborat miqdordagi maoshlarni talab qilayotgan futbolchilarimiz shu katta maoshlarni oqlashyaptimi? Ishqibozga yoqadigan jozibador futbol o'ynayaptimi, o'z saviyasini oshirib boryaptimi? Hammasi ham emas. Mana endi ularga nisbatan ham talab jiddiy bo'ladi. Qay saviyadagi futbolchi bo'lishidan qatiy nazar jismoniy jihatdan etuk, sog'lom va albatta, aqlli bo'lishi talab etilmoqda. SHularga javob bersa marhamat, maydonga tushadi, eplay olmasa o'rnini eplaydiganlarga bo'shatsin. Bu talablar murabbiy ishini ham osonlashtirdi.  

 - “Nasaf”da hamma ishlar “besh”dek ko'rinadi, lekin har mavsumda tarkibni ko'plab futbolchilar tark etishi, zo'r sharoiti bo'la turib chempionlikka erisha olmasligi... bularga nima deysiz?


 - Ingliz Aleks Fergyussonni futboldagi namuna deb bilaman. U kuchli menejer bo'lgan. Klub rahbari sifatida futbol jamoasi atrofidagi barcha tashkiliy ishlarni boshqargan. Ammo u  aksariyat futbol ishqibozlariga ko'proq kuchli murabbiy sifatida tanish. Lekin u o'zini murabbiy deb hisoblamagan.  U jamoani katta yutuqlarga etaklash bilan birga, klubning rivoji uchun ham ko'p etiborini qaratgan. Kelib chiqadiki, uning asosiy maqsadi klubni rivojlantirish bo'lgan. Bizda ham aksariyat holda ikkita ishni bir inson qilishi odatga aylangan. Aytaylik, bosh murabbiy o'z ishi u yoqda qolib, ko'p vaqtini tashkiliy ishlarga sarflaydi. Natijasi esa malum. Aslida, futbol klubini menejer boshqarsa, futbol jamoasi masalasini bosh murabbiy hal etadi. Ikkisini bir biri bilan almashtirib bo'lmaydi. Klubning yutug'i ham, kelajagi ham shu ikki rahbarga bog'lik. Bu ikki lavozimdagi shaxs o'zaro tandem hosil qilishi kerak. Agar ikki rahbar asosiy maqsad oldida yakdil bo'lmasa, kerakli natijaga erishish amrimahol. Ro'ziqul Berdiev bilan maqsad va vazifalarimiz ulkan.  Lekin bizga ko'pincha “Nasaf” hech qachon chempionlik uchun kurashmaydi”, deb tana qilishadi. Vaholanki, klubimiz faqat shu maqsad uchun harakat qilgan, qilmoqda va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Faqat bu maqsadga erishish uchun bizning yondoshuvimiz boshqalarnikidan farq qiladi. O'ylaymanki, “Nasaf”ning chempion bo'lishini muxlislarimiz uzoq kutishmaydi. “Nasaf” bunga etib keldi.

Jamoani tark etganlarga kelsak, bu futbol qonunlaridan biri. Albatta, jamoani tark etish malum sabablarga ko'ra ro'y beradi. Bazan bu holat uchun klub rahbari yoki murabbiy aybdor hisoblanadi – so'ragan mablag'ini bera olmagani uchun futbolchi ketib qoldi, deyiladi. Ammo klub imkoniyatidan tashqari, katta miqdordagi ish haqi va mukofot pulini so'ragan o'yinchining talabini qondirishga mavjud mablag'imizni sarf qila olmaymiz. Buning uchun klub menejeri yoki boshqa rahbar xodimni ayblash noo'rin. Sababi, klubga ajratiladigan mablag' faqat shu maqsad uchun berilmaydi. Bizda jamoa uchun xizmat qiladigan ko'plab infratuzilmalar bor, shunga yarasha xarajatlar ham ko'p - akademiya, stadion, futbolchilar uchun ajratilgan bazalar. SHundan kelib chiqib, klubimiz kelajagi uchun bosh qotiramiz, poydevorimiz kuchli bo'lishini istaymiz. Bu klubning ustivor yo'nalishi hisoblanadi. Vaqtinchalik va qimmatbaho o'yinchi bilan davomli yutuqlarga erishishning imkoni yo'q. U baribir ko'proq pul to'laydigan jamoaga ketib qolaveradi. Aslida bunday futbolchilarni ayblashimiz ham noto'g'ri, deb o'ylayman. CHunki bu futbolchilar klubingning yutug'lari uchun mehnat qildi, ter to'kdi. Biz har bir futbolchimizni hurmat qilishimiz, o'z umrini, kuchini sarf qilgan futbolchini qadrlashni o'rganishimiz kerak. Bazan eshitib qolaman, kecha stadionda ularni olqishlab turgan ishqibozlarimiz, ular ketgach, haqorat qilishga o'tishadi, bu yaxshi emas.

 Bugungi kunda klublarimiz homiy tomonidan ajratiladigan mablag'lar evaziga faoliyat yuritishi sir emas. Biz o'zimizga berilayotgan mablag'ni to'g'ri sarflayapmizmi? Buni ham tahlil qiladigan vaqt etib keldi. Klubga ajratilgan mablag' faqat jamoa xarajatlari uchun emasligini endi hamma bilishi kerak. Bu mablag' evaziga butun klub faoliyat yuritadi. Futbol jamoasining to'laqonli hayoti uchun mehnat qilayotgan ko'psonli klub xodimlariga ish haqi ham to'lanadi. Ko'pchilik muxlislarning fikricha, bu mablag'lar faqat zo'r va qimmat o'yinchilar uchun sarflanishi kerak. Bu noto'g'ri tushuncha.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика