“SHalke” prezidenti o'z xohishi bilan istefo berdi, jamoa moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgan
30 iyu 2020 21:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/577951_original.jpg)
![](/upload/storage/577951_220.jpg)
“SHalke” prezidenti o'z xohishi bilan istefo berdi, jamoa moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgan
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“SHalke” rahbari Klemens Tennes o'z lavozimini tark etdi. 64 yoshli tadbirkor muvaffaqiyatsiz mavsum tufayli klubdan istefoga chiqdi. Jamoa muxlislari uni keskin tanqid qilishgan va uzoq vaqtdan buyon uning ketishini so'rashgan edi.
Qo'shimcha qilish kerakki, gelzenkirxenliklarning so'nggi yildagi moliyaviy qarzi 200 mln evroni tashkil qildi. Koronavirus pandemiyasi esa holatni yanada jiddiylashtirgan. Manbaga ko'ra, iqtisodiy muammolar tufayli klubda ish haqi cheklovi joriy etilishi kutilmoqda. SHunday bo'lgan taqdirda, jamoadagi hech qaysi o'yinchi yiliga 2,5 mln evrodan ko'proq maoshga ega bo'lolmaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar